Jahon

Niderlandiyada mushakbozlik va petarda yoqish taqiqlanadi

2025-yilgi Yangi yil bayrami fuqarolar uchun petarda va mushakbozlikni yoqishning oxirgi imkoniyati bo‘ladi.

Niderlandiyada mushakbozlik va petarda yoqish taqiqlanadi

 

Niderlandiyaning yuqori palatali parlamenti 2026-yildan boshlab xususiy shaxslarga petarda va mushakbozlik mahsulotlarini yoqishni to‘liq taqiqlovchi qarorni ma’qulladi. 

 

Qarorning qabul qilinishiga asosiy sabab — har yili Yangi yil arafasida kuchayadigan zo‘ravonlik holatlari bo‘lgan. Ayniqsa, bu holatlarda politsiya, yong‘in o‘chirish va qutqaruv xizmatlari xodimlariga qarshi hujumlar ortib borayotgani xavotir uyg‘otdi.

 

Niderlandiyada ushbu masala yillar davomida bahs-munozaraga sabab bo‘lib kelayotgan edi. Tibbiyot xodimlari, huquq-tartibot organlari, hayvonlarni himoya qiluvchi va ekologik tashkilotlar uzoq yillardan beri petardalarni taqiqlashni talab qilib kelgan, biroq parlamentda bu borada yetarli ko‘pchilik ovoz mavjud emas edi. Nihoyat, bu yil ushbu chorani qo‘llab-quvvatlovchilar ustun keldi.

 

2025-yilgi Yangi yil bayrami fuqarolar uchun petarda va mushakbozlikni yoqishning oxirgi imkoniyati bo‘ladi.

 

Qo‘shni Germaniyada esa hali bunday to‘liq taqiq yo‘q, ammo jamiyatda bu boradagi bosim ortib bormoqda. 2025-yil 5-yanvarga kelib, Germaniyada petardalarni umumxalq darajasida taqiqlashni talab qilgan petitsiyani 1 million 90 mingdan ortiq odam imzolagan. Petitsiyada aytilishicha, favqulodda xizmat xodimlari Yangi yil kechasida hayoti va sog‘lig‘i bilan xavf ostida qolmoqda, chunki petardalar ularga qarshi qurol sifatida ishlatilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Niderlandiyada mushakbozlik va petarda yoqish taqiqlanadi | Zamon.uz