O'zbekiston

“Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik ko‘rsatkich sifatida rasman ro‘yxatga olindi

Bu orqali o‘zbek milliy taomlarining yana bir namoyandasi rasman e’tirof etildi va huquqiy himoyaga olindi.

“Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik ko‘rsatkich sifatida rasman ro‘yxatga olindi

Adliya vazirligi mazkur milliy taomni rasmiy tarzda geografik ko‘rsatkich sifatida davlat reyestriga kiritdi.

 

O‘zbek milliy oshxonasi durdonalaridan biri bo‘lgan, o‘ziga xos ta’mi, go‘shti va noni bilan ajralib turuvchi “Samarqand no‘xat sho‘ragi” endilikda huquqiy maqomga ega bo‘ldi.

 

2025-yil 3-iyul kuni Adliya vazirligi ushbu taomni geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda “Adliya xabari” rasmiy axborotida e’lon qilindi.

 

Ma’lumot o‘rnida: Geografik ko‘rsatkich — bu ma’lum bir hudud yoki joy bilan bog‘liq mahsulot yoki taomning sifat va kelib chiqishini ifodalovchi belgi hisoblanadi.

 

“Samarqand no‘xat sho‘ragi”ga bunday maqom berilishi bejiz emas, sababi:

 

• Unda go‘sht va ilikli sho‘rvalar uyg‘unligi mavjud;

 

• Taom tayyorlashda maxsus 1–2 soat xona haroratida quritilgan Samarqand noni ishlatiladi;

 

• Eng asosiysi, bu taom qadimdan faqat Samarqand shahriga xos bo‘lgan an’anaviy usulda pishiriladi.

 

Geografik ko‘rsatkich huquqini tasdiqlovchi rasmiy hujjat Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Sattorov tomonidan viloyat hokimi v.b. Adiz Boboyevga topshirildi.

 

Eslatma: Geografik ko‘rsatkichlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularni huquqiy muhofaza qilish bo‘yicha yagona vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hisoblanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik ko‘rsatkich sifatida rasman ro‘yxatga olindi | Zamon.uz