Navoiydagi parkda qizlar janjallashdi
Voqeaga o‘zaro nomunosib muomala sabab bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahridagi parkda bir guruh qizlar janjallashib, bir-birini urganligi aks etgan video tarqaldi. Holatga Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 30 iyun kuni fuqarolar J.X. (2004 yilda tug‘ilgan qiz bola) hamda T.D (2006 yilda tug‘ilgan qiz bola) Navoiy shahridagi istirohat bog‘ida o‘zlariga notanish bo‘lgan 4 nafar voyaga yetmagan qizlar (2010, 2011, 2012 yillarda tug‘ilgan) bilan karuselda uchish vaqtida o‘zaro nomunosib muomala tufayli janjal yuzaga kelib, J.X. va T.D. qizlarni kaltaklagan.
Hozirda holat yuzasidan Navoiy shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.







