Jahon

Yaponiyadagi jazirama choy bozorini larzaga soldi

Issiqlik yashil choy hosiliga putur yetkazdi – narxlar rekord darajada ko'tarildi.

Yaponiyadagi jazirama choy bozorini larzaga soldi

Yaponiya meteorologiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil 1898-yildan beri qayd etilgan eng issiq yilga aylandi. Issiqlik nafaqat insonlar salomatligiga, balki choy plantatsiyalariga ham katta zarar yetkazgan.

 

RBK xabariga tayangan holda point.md nashrining ma'lum qilishicha, g‘ayritabiiy harorat tufayli Kyoto va Aichi prefekturalarida joylashgan choy plantatsiyalarining hosildorligi keskin kamaygan. Aynan shu hududlar Yaponiyada eng ko‘p matcha ishlab chiqariladigan joylar hisoblanadi. Kyoto o‘zi mamlakatdagi barcha matcha choyining chorak qismini yetishtiradi.

 

Oltinchi avlod matcha ishlab chiqaruvchisi Masahiro Yoshida bu yil bor-yo‘g‘i 1,5 tonna hosil olganini aytmoqda — bu odatdagi 2 tonnalik yillik ko‘rsatkichdan 25 foiz kam.

 

Biroq ichki va xalqaro bozorda choyga talab 10 barobarga oshgan. Natijada, 2024-yilda Yaponiyadan yashil choy eksporti 25 foizga ko‘tarilib, 252 million dollarga yetgan. Narxlar ham rekord darajaga chiqdi: may oyida Kiotoda matcha narxi 1 kg uchun 8000 iyenani (55 dollardan ortiq) tashkil etdi, bu esa 2016-yilgi rekorddan 170 foiz yuqori.

 

Shunga qaramay, tanqislik muammosini tezda hal qilish oson emas. Ekspertlarga ko‘ra, yangi plantatsiyalarni barpo etish va hosil olish uchun kamida besh yil vaqt kerak bo‘ladi.

 

Issiq ob-havo nafaqat choy ishlab chiqarishga, balki inson salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 2024-yilning iyul oyi Yaponiya tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi. Faqatgina Tokioning o‘zida jazirama oqibatida 123 kishi vafot etdi, mamlakat bo‘yicha esa 1,200 dan ortiq odam issiqlik zarbasidan jabrlandi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.