Bo’stonliqdagi qir-adirda yong’in yuz berdi
“Burchmulla” o‘rmon xo‘jaligi ham yong'in o‘chirishga jalb etilgan.

Bugun 6-iyul kuni soat 16:38 da Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani, “Qoranko‘l” MFY hududidagi qir-adirlikda quruq o‘t va shox-shabba yonayotgani haqida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar berilgan.
Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yo‘naltirilib, ular soat 17:00 da yetib borgan va zudlik bilan yong‘inni o‘chirish ishlarini boshlagan.
Yong‘inning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida “Burchmulla” o‘rmon xo‘jaligi xodimlari ham jarayonga jalb etilgan.
Yong‘in soat 19:16 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar aniqlanmadi, yong‘in aholi yashash joylariga xavf tug‘dirmagan.







