Jahon

Erdo'g'an keyingi prezidentlik saylovlarida qatnashmaydimi?

Tarqalayotgan xabarlar yuzasidan Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Zamon.uz ga aniq maʼlumot berdi.

Erdo'g'an keyingi prezidentlik saylovlarida qatnashmaydimi?

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an keyingi prezidentlik saylovlarida qatnashmasligini e’lon qilgani haqidagi videolar tarqaldi. Hatto, ayrim foydalanuvchilar Erdog‘on yig‘lab nutq so‘zlaganini saylov bilan bog‘lab sharhlashdi. Holat yuzasidan Zamon.uz Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan bog‘landi va xabarlarga aniqlik kiritdi.

 

Elchixona vakillarining ma’lum qilishicha, bunday xabarlar yolg‘on bo‘lib, Turkiya Prezidenti keyingi saylovlardagi ishtiroki haqida hech qanday bayonot bermagan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar esa aslida prezidentning terrorizmga qarshi kurash masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi chiqishidan olingan. Erdog‘on yig‘ilishda so‘nggi yillarda terrorchilik harakatlari oqibatida halok bo‘lgan turk askarlarini eslab, hayajonlangan holda nutq so‘zlagan. Aynan shu holat ayrim internet foydalanuvchilari tomonidan noto‘g‘ri talqin qilingan va bu videolar “saylovdan chekinish” sifatida tarqatila boshlangan.

 

Turkiya elchixonasi fuqarolardan yolg‘on xabarlarga ishonmaslikni va ularni tarqatmaslikni so‘rab qoladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Erdo'g'an keyingi prezidentlik saylovlarida qatnashmaydimi? | Zamon.uz