Ukrainada safarbarlik muddati 90 kunga cho‘zilishi mumkin
Amaldagi harbiy holat 6-avgustga qadar belgilangan edi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda harbiy holat va safarbarlik muddatini uzaytirish tashabbusi bilan chiqdi. Prezident tegishli qonun loyihalarini Oliy Radaga taqdim etdi.
Ukraina OAV xabarlariga ko‘ra, mazkur hujjatlar parlament saytida e’lon qilingan. Ayni paytda Ukrainada harbiy holat va safarbarlik 2025-yil 6-avgustgacha amal qiladi. Yangi taklifga binoan, bu muddat yana 90 kunga uzaytirilishi ko‘zda tutilgan — ya’ni 2025-yil 7-avgustdan 5-noyabrgacha.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan buyon Ukrainada bir necha bor harbiy holat muddati cho‘zilgan.





