Jahon

AQShga “asr bo‘roni” yaqinlashmoqda – olimlar ogohlantirmoqda

So‘nggi “asr bo‘roni” 1993-yilda yuz bergan va 200 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.

AQShga “asr bo‘roni” yaqinlashmoqda – olimlar ogohlantirmoqda

Yangi ilmiy tadqiqotlar Qo‘shma Shtatlarda kuchli bo‘ronlarning tobora xavfli tus olayotganini ko‘rsatmoqda. Iqlim o‘zgarishi va global isish fonida yaqin yillarda mamlakat hududini halokatli "asr bo‘roni" urishi mumkin.

 

Olimlar 1940–2025 yillar oralig‘ida AQShning shimoli-sharqida yuz bergan 900 ga yaqin bo‘ronni tarixiy ma’lumotlar va zamonaviy algoritmlar yordamida tahlil qildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, eng kuchli shamollar tezligi o‘rtacha 6 foizga oshgan.

 

Pensilvaniya universiteti iqlimshunosi Maykl Manningning aytishicha, shamol tezligining 6 foizga ortishi bo‘ronlarning halokatli kuchini 20 foizgacha oshirishi mumkin. Bundan tashqari, yog‘ingarchilik miqdori ham 10 foizga ko‘paymoqda, bu esa yirik suv toshqinlari xavfini yanada kuchaytiradi.

 

Ma’lumot uchun, so‘nggi bor “asr bo‘roni” 1993-yil mart oyida sodir bo‘lgan edi. O‘sha vaqtda soatiga 100 mil (44,7 m/s) tezlikda esgan kuchli shamollar oqibatida 200 nafar inson hayotdan ko‘z yumgan.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

AQShga “asr bo‘roni” yaqinlashmoqda – olimlar ogohlantirmoqda | Zamon.uz