O'zbekiston

Navoiyda tomorqasida giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirgan shaxslar ushlandi

Xatirchi tumanida 23 kg 300 gr marixuana va Navbahorda 19 tup kanabis topildi.

Navoiyda tomorqasida giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirgan shaxslar ushlandi

Navoiy viloyatining Xatirchi va Navbahor tumanlarida istiqomat qiluvchi ikki nafar fuqaroning tomorqa hududida yirik miqdorda giyohvandlik o‘simliklari yetishtirayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Fayoz Qosimov ma’lum qildi.

 

Xususan, Xatirchi tumanining Dehqonobod mahallasida yashovchi, 50 yoshli erkak fuqaro daromad orttirish maqsadida tomorqasida marixuana o‘simligini yetishtirib kelgani aniqlangan. O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida uning tomorqasidan 168 tup ho‘l holatdagi giyohvand o‘simlik, jami 23 kg 300 gramm marixuana, shuningdek, hovlisidagi qopdan 45 gramm, tomorqa o‘simliklari orasidan esa 215 gramm quritilgan giyohvand modda aniqlanib, hujjatlashtirilgan.

 

Bundan tashqari, Navbahor tumanining Chorvoqguzar mahallasida yashovchi ayol ham xonadoni hovlisida 19 tup kanabis parvarishlab kelayotgani aniqlangan. Har ikki holatda ham moddiy dalillar holislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Navoiyda tomorqasida giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirgan shaxslar ushlandi | Zamon.uz