O'zbekiston

2025-yil 6 oyda 14 milliard 384 million kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi

“Issiqlik elektr stansiyalari” yarim yillik hisobotni taqdim etdi.

2025-yil 6 oyda 14 milliard 384 million kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan 2025 yilning birinchi yarim yilligi yakuni bo‘yicha 14 milliard 384 million kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi va belgilangan reja – 101,5 foizga bajarildi.

Jamiyat tomonidan 2025 yilda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 17 ta investitsiya loyihalari doirasida reja bo‘yicha 701,93 million AQSh dollari o‘zlashtirilishi belgilangan.

Bunda birinchi yarim yillik uchun o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan mablag‘ 234,93 million AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, loyihalar doirasida amalda 286,85 million AQSh dollari o‘zlashtirildi va birinchi yarim yillik bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 121,7 foizga bajarilishiga erishildi.

Hozirda “Toshkent shahrining issiqlik ta’minoti so‘nggi nuqtalarida joylashgan 6 ta mahallada kogeneratsiya loyihalarini amalga oshirish” investitsiya loyihasi doirasida Sergeli tumanining Bog‘bon mahallasida zamonaviy kogeneratsiya qurilmasi foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Shuningdek, ayni paytda Yunusobod tumanidagi 4-son issiqlik markazi hududida 100 MVt quvvatga ega gaz-porshenli qurilmasi, Tolimarjon IESda umumiy quvvati 900 MVtdan kam bo‘lmagan va Navoiy IES da umumiy quvvati 650 MVt bo‘lgan zamonaviy bug‘-gaz qurilmalari bunyod etish ishlari davom etmoqda.

Korxona oldida turgan muhim vazifalardan biri - bu mahsulot tannarxini pasaytirish hisoblanadi. Shu maqsadda olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 2025 yilning yanvar-iyun oylarida mahsulot tannarxi 592,2 milliard so‘mga pasaytirilib, reja 112,8 foizga bajarildi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi stansiyalar va issiqlik markazlarida 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida jami 35 ta energo obyektda, shu jumladan, 3 ta energoblok, 24 ta qozon, 3 ta bug‘-gaz qurilmasi, 3 ta gaz-turbina qurilmasi, 2 ta gaz-porshen agregatlarini mukammal, o‘rta va joriy ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.

Mavsumga tayyorgarlik joriy yilning fevral oyidan boshlangan bo‘lib, bugungi kunga qadar 15 ta energoqurilmada, jumladan, 1 ta energoblok, 12 ta qozon, 2 ta gaz-porshen agregatlarida ta’mirlash ishlari yakunlandi.

10 ta energoqurilmada - bular 1 ta energoblok, 8 ta qozon va 1 ta gaz-turbina qurilmasida - mukammal hamda o‘rta ta’mir ishlari amalga oshirilmoqda.

Rejalashtirilgan ta’mir ishlari to‘liq amalga oshirilishi natijasida energoqurilmalarning ishonchli ishlashi ta’minlanib, mavjud quvvati 89 MVt hamda qozon qurilmalarining ishlab chiqarish quvvati 45 tonna/soatga oshirilishiga erishiladi.

Bundan tashqari, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizimidagi “Toshkent issiqlik markazi” korxonasining 9 ta issiqlik markazidagi 13 ta qozonlarning mukammal ta’mirlash ishlaridan tashqari 47 ta qozonlarida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

2025 yil yanvar-iyun oylarida mahalliylashtirish dasturi doirasida 19 ta loyihalar asosida 33,5 milliard so‘m qiymatida mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 36,5 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, reja ko‘rsatkichi 109 foizga bajarilishi ta’minlandi. Bunda, mahalliylashtirish dasturi ijrosi va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish natijasida import hajmi 11,9 million AQSh dollariga qisqartirilib, reja 123,1 foizga bajarildi.

 

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

2025-yil 6 oyda 14 milliard 384 million kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi | Zamon.uz