IMO 2025: O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro matematika olimpiadasida tarixiy natijaga erishdi
Terma jamoa IMO–2025 olimpiadasida 4 ta kumush, 1 ta bronza medal va 1 ta faxriy yorliqni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari hozirda Avstraliyada o‘tkazilayotgan 66-Xalqaro Matematika Olimpiadasida (IMO–2025) ishtirok etib, o‘z tarixidagi eng yuqori natijani qayd etdi.
Terma jamoa umumiy hisobda 4 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, bitta ishtirokchi faxriy yorliq (Honourable Mention) bilan taqdirlandi.
G‘oliblar ro‘yxati:
Elbek Zohidjonov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf (kumush medal)
Asadbek Boboqulov – “Artel Technical School” NTM, 11-sinf (kumush medal)
Rasulbek G‘afforov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf (kumush medal)
Behruz Elmurodov – Mirishkor tuman 21-maktab, 11-sinf (kumush medal)
Ozodbek Axtamov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf (bronza medal)
Umarbek Ubaydullayev – Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktab, 7-sinf (faxriy yorliq)
Mukofot pullari:
Kumush medal uchun — 562,5 mln so‘m (BHMning 1500 baravari)
Bronza medal uchun — 375 mln so‘m (BHMning 1000 baravari)
Eslatib o‘tamiz, IMO 2024 olimpiadasida O‘zbekiston jamoasi 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.








