Qashqadaryoda Nexia-3 ikki kishini sudrab ketdi
Hodisaga oshxonadagi tortishuv sabab bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida Nexia-3 ikki kishini sudrab ketgani aks etgan video tarqalgandi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 8 iyul kuni soat 14:30 larda Mirishkor tumanida joylashgan oshxonaga fuqarolar R.L., K.S.lar kirib, oshxona egasi E.I. bilan tortishib qolgan.
O‘zaro kelishmovchilik oqibatida R.L., K.S.lar haydovchi K.H. boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirganda, fuqaro E.I. va yaqin qarindoshlari avtomashinani to‘xtatishga urinsada, haydovchi harakatlanib ketgan.
Hozirda holat yuzasidan Mirishkor tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







