Rossiya tunda Ukraina hududiga 450 ta dron va raketa uchirdi
200 ta Shahed droni va 24 ta raketa urib tushirilgan.

21 iyulga o‘tar kechasi Rossiya harbiylari Ukrainaga hujumda jami 426 ta Shahed tipidagi zarba beruvchi dronlar va ularning imitatsion nusxalarini, 5 ta X-47 M2 “Kinjal” aero-ballistik raketasini, 4 ta “Kalibr” qanotli raketasini, 1 ta “Iskander-K” raketasini hamda 14 ta X-101 qanotli raketasini qo‘lladi.
Ukraina harbiylari tomonidan 200 ta Shahed droni va 24 ta raketa urib tushirilgan yoki radioyelektron kurash vositalari yordamida zararsizlantirilgan. Yana 203 ta dron-imitator radar orqali kuzatuvdan yo‘qolgan va nishonga yetib bormagan.
“3 ta joyda 23 ta zarba beruvchi dron nishonga tekkan, 12 ta hududda esa urib tushirilgan dronlarning qulagani aniqlangan“, deyiladi Ukraina Havo kuchlari qo‘mondonligi xabarida.







