O'zbekiston

Qirg‘izistonda 18 yoshli o‘zbekistonlik yigit mashinada jarlikka qulab halok bo‘ldi

IIB hodisa bo‘yicha ma‘lumot taqdim etdi.

Qirg‘izistonda 18 yoshli o‘zbekistonlik yigit mashinada jarlikka qulab halok bo‘ldi

Qirg‘izistonning Batken viloyatida o‘zbekistonlik 18 yoshli yigit Nexia-3 mashinasida jarlikka qulab, voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2025 yil 21 iyul kuni Farg‘ona viloyati So‘x tumani, Lenbur mahallasida yashovchi 2007 yilda tug‘ilgan S.S. “Nexia-3” rusumli avtomashina boshqarib ketayotgan paytda So‘x–Rishton avtomobil yo‘lining Qirg‘iziston Respublikasi Batken viloyati Bujay qishlog‘i hududida rul boshqaruvini yo‘qotgan va mashina jarlikka ag‘darilib ketgan.

 

YTH oqibatida haydovchi S.S. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Farg‘ona viloyati YHXB oila a’zolarini ogohlantirib, voyaga yetmagan va tajribasiz o'smirlarga avtomobil kalitini bermaslikka chaqirgan.

custom img

Toshkent viloyatida hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U imtiyozli kredit ajratib, o'z ehtiyohlari uchun sarflab yuborgan.

custom img

O‘zbekistonda ortib qolgan 1-sinf o‘quv qurollari bog‘chalarga beriladi

Yaroqlilik muddati tugaydigan ortiqcha o‘quv qurollari davlat bog‘chalarining maktabga tayyorlov guruhlariga ajratiladi.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"