Toshkentda 123 marta qidiruvga berilgan Captiva ushlandi
Haydovchi 129 ta qoidabuzarlik uchun 54 million so‘m jarima to‘lashi kerak bo'lgan.

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida YPX xodimlari tomonidan 123 marta qidiruvga berilgan Captiva avtomobili to‘xtatildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
Tekshiruv davomida aniqlanishicha, haydovchining jami 129 ta qoidabuzarlik holati mavjud bo‘lib, ularning umumiy jarima summasi 54 million so‘mni tashkil etadi. Shu sababdan avtomobil Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan 123 marta qidiruvga berilgan.
Mazkur Captiva avtomobili jarima maydonchasiga joylashtirildi. Hozircha haydovchiga nisbatan qanday choralar ko‘rilishi haqida ma’lumot berilmadi.







