O'zbekiston

Qashqadaryoda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxs aniqlandi

U saboq uchun har bir o‘quvchidan 100 AQSh dollari olgani ma’lum bo‘ldi.

Qashqadaryoda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxs aniqlandi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida voyaga yetmagan bolalarga ruxsatsiz diniy ta’lim berib kelgan shaxsga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida fuqaro V.I. o‘z yashash xonadonida Kitob, Chiroqchi va Toshkentdan kelgan 9 nafar voyaga yetmagan bolaga “Qur’oni karim” hamda “Muallimi soniy” kitoblari asosida maxsus ruxsatsiz diniy saboq o‘tkazib kelgani fosh etildi. U ushbu ta’lim uchun har bir o‘quvchidan 100 AQSh dollari miqdorida to‘lov olgan.

 

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, diniy ta’lim faqat tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlar va vakolatli shaxslar tomonidan o‘tkazilishi mumkin.

 

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasi asosida hujjatlar rasmiylashtirilib, ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Kitob tuman sudiga yuborildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qashqadaryoda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxs aniqlandi | Zamon.uz