Rasmiy xabar: Termiz havosining kuchli ifloslanishi kuzatilmoqda
Havodagi chang miqdori ruxsat etilgan meʼyordan oshib ketgan.

2025 yil 24 iyul kuni meteorologik sharoitlar - shamolning kuchayishi sababli, Termiz shahrining atmosfera havosida chang zarralari miqdorining ko‘payishi kuzatilmoqda. Shamol tezligi 4,2-4,9 km/S.
Avtomatik monitoring stansiyasi maʼlumotlariga ko‘ra soat 11:00 dan 12:00 gacha atmosfera havosidagi PM10 mayda zarrachalarining miqdori 635-805 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan meʼyordan 1,3-1,6 marta oshib ketgan.
PM2.5 mayda dispersli zarrachalarining tarkibi 172-223 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan meʼyordan 4,9-6,4 marta oshib ketdi.







