Jahon

Konibodomdagi qotilliklar ishi bo‘yicha to‘rt kishi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

2024 yilda 7 oilaning 23 a’zosi vahshiylarcha o‘ldirilgani bo'yicha sud hukmi e’lon qilindi.

Konibodomdagi qotilliklar ishi bo‘yicha to‘rt kishi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Tojikistonning Konibodom shahrida yuz bergan dahshatli qotilliklar ishi bo‘yicha to‘rt nafar shaxs umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Davron Zoxidzoda jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

 

Zoxidzodaning so‘zlariga ko‘ra, Konibodom va unga yaqin hududlarda sodir bo‘lgan ko‘plab odam o‘limi bo‘yicha to‘rt nafar shaxsga nisbatan umrbod qamoq jazosi tayinlangan. Biroq u hukm qachon chiqarilgani va sud tafsilotlari haqida aniqlik kiritmagan.

 

Oldinroq berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning mart oyidan dekabr oyigacha bo‘lgan davrda 7 ta oiladan jami 23 kishi shafqatsizlarcha o‘ldirilgan.

 

28–29 mart kunlari bir oiladan 5 kishi, 16–17 aprel kunlari 2 kishi, 28–29 may kunlari esa ikkita oiladan 6 kishi o‘ldirilgan. Dekabr oyida yana ikkita dahshatli holat ro‘y bergan: 8–9 dekabr kunlari 6 kishi, 15–16 dekabr kunlari esa yana ikkita oiladan 4 kishi vahshiylarcha o'ldirilgan. Jabrlanganlar orasida bolalar, qariyalar va turli yoshdagi ayollar ham bo‘lgan.

 

Ba’zi holatlarda gumonlanuvchilarning yaqinlari ularning aybsizligini da’vo qilib, ishni qayta ko‘rib chiqishni talab qilgan.

 

Bu voqealar jamoatchilik orasida keng tahlika uyg‘otgan. Odamlar kechalari mahallalarda navbatchilik qilib, xavfsizlikni ta’minlashga harakat qilganlar.

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

To‘qnashuvdan so‘ng boshlangan yong‘in boshqa transport vositalariga ham tarqalgan.

Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi: jarroh va yana besh kishi halok bo‘ldi

Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi: jarroh va yana besh kishi halok bo‘ldi

BMT esa kuchli yomg‘irlar tufayli boshpanasiz qolgan aholi uchun G‘azoga zudlik bilan chodirlar yetkazishga chaqirdi.

Ukraina bo‘yicha muzokaralarda yangi bosqich: Stubb uchrashuv muddatini ma’lum qildi

Ukraina bo‘yicha muzokaralarda yangi bosqich: Stubb uchrashuv muddatini ma’lum qildi

Finlyandiya prezidenti AQSh, Rossiya, Ukraina va Yevropa vakillari ishtirokidagi uchrashuv bir-ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkinligini aytdi.

6000 dan ortiq maktabda vahima: Italiyada ommaviy bomba tahdidlari tekshirilmoqda

6000 dan ortiq maktabda vahima: Italiyada ommaviy bomba tahdidlari tekshirilmoqda

Mmalakatdagi maktablarga bomba qo‘yilgani haqida anonim xatlar yuborildi.

Xalqaro qidiruv va Gruziyadagi hibs: o‘zbekistonlik ayol Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruv va Gruziyadagi hibs: o‘zbekistonlik ayol Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi

U uyushgan jinoiy guruhda ishtirok etish va qo‘shmachilikda gumonlanmoqda.

60 ming imzo to‘plandi: Japarov prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tadimi?

60 ming imzo to‘plandi: Japarov prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tadimi?

Uning nomzodini ro‘yxatga olish bo‘yicha yakuniy qarorni Markaziy saylov komissiyasi qabul qiladi.

Nyu-Yorkda uch qavatli bino qulab tushdi: 2 kishi halok bo'ldi

Nyu-Yorkda uch qavatli bino qulab tushdi: 2 kishi halok bo'ldi

Qutqaruvchilar vayronalar ostida boshqa qurbonlar bor-yo‘qligini tekshirmoqda.

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tekshiruv davomida O‘zbekistonning O‘rmon xo‘jaligida qo‘llaniladigan Smart Forestry raqamli platformasiga kirish izlari ham aniqlangan.