O'zbekiston

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha MDHda uchinchi o‘rinni egalladi

“Speedtest Global Index” nashri internet tezligi bo‘yicha dunyo reytingini e'lon qildi.

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha MDHda uchinchi o‘rinni egalladi

2025-yil iyun holatiga ko‘ra, “Speedtest Global Index” tomonidan e’lon qilingan reytingda O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 103 davlat orasida 71-o‘rinni egalladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda mobil internetning o‘rtacha tezligi 55,78 Mbit/sekundni tashkil etgan. MDH davlatlari orasida bu ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston uchinchi o‘rinni egallab, Qozog‘iston va Rossiyadan keyin joy oldi.

 

Dunyo reytingida esa birinchi o‘rinda Birlashgan Arab Amirliklari turibdi — bu yerda mobil internet tezligi 546,14 Mbit/sekundni tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rinda Qatar (517,44 Mbit/sekund), uchinchi o‘rinda esa Quvayt (378,45 Mbit/sekund) qayd etilgan. Kuchli o‘nlikdan shuningdek Bahrayn (236,77 Mbit/s), Braziliya (228,89 Mbit/s), Bolgariya (224,46 Mbit/s), Janubiy Koreya (218,06 Mbit/s), Xitoy (201,67 Mbit/s), Saudiya Arabistoni (198,39 Mbit/s) va Daniya (196,27 Mbit/s) ham o‘rin oldi.

 

Reytingning eng quyi pog‘onalarini esa Esvatini (18,36 Mbit/s, 101-o‘rin), Belarus (17,97 Mbit/s, 102-o‘rin) va Boliviya (13,19 Mbit/s, 103-o‘rin) egalladi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanishi mumkin: 11-noyabr kuni ko‘rsatkich “yashil” darajada bo‘ladi

Toshkentda havo sifati yaxshilanishi mumkin: 11-noyabr kuni ko‘rsatkich “yashil” darajada bo‘ladi

Yomg‘ir havodagi PM zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam beradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Antaliyaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Antaliyaga bordi

11-noyabr kuni davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining yalpi sessiyasida ishtirok etadi.

Noqulay ob-havo va tirbandliklar: Poytaxt yo‘llarida xavfsizlik nazorati kuchaytirildi

Noqulay ob-havo va tirbandliklar: Poytaxt yo‘llarida xavfsizlik nazorati kuchaytirildi

Haydovchilardan ehtiyotkorlikni oshirish va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish so‘raldi.

Elektr uskunalar ishlab chiqarish hajmi oshdi: 9 oyda 22,6 trln so‘mlik mahsulot tayyorlandi

Elektr uskunalar ishlab chiqarish hajmi oshdi: 9 oyda 22,6 trln so‘mlik mahsulot tayyorlandi

Yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr uskunalarning qariyb yarmi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi.

Avtobusda nomaqbul musiqa qo‘yildi: haydovchilarga tushuntirish berilmoqda

Avtobusda nomaqbul musiqa qo‘yildi: haydovchilarga tushuntirish berilmoqda

“Toshshahartransxizmat” avtobusdagi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Taqiqlovchi signalga qaramadi: Surxondaryoda Spark poyezd bilan to‘qnashdi

Taqiqlovchi signalga qaramadi: Surxondaryoda Spark poyezd bilan to‘qnashdi

Haydovchisi taqiqlovchi svetofor signaliga qaramay, temir yo‘l kesishmasidan o‘tishga uringan.

Uy qurilishi tugamaguncha pul quruvchiga berilmaydi: eskrou tizimi joriy etilishi mumkin

Uy qurilishi tugamaguncha pul quruvchiga berilmaydi: eskrou tizimi joriy etilishi mumkin

Ulushli qurilishda fuqarolar mablag‘larini eskrou hisobvaraqlarida saqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi Senatga yuborildi.

5 kg dan ortiq “opiy” savdosi to‘xtatildi: ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi

5 kg dan ortiq “opiy” savdosi to‘xtatildi: ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi

Narkotik vositalar ularga Afg‘onistondagi narkokuryerlar tomonidan yetkazib berilgan.