O'zbekiston

Toshkentda tunda sodir bo’lgan ayanchli YTHda 20 yoshli haydovchi halok bo’ldi

Yana bir inson shifoxonaga olib ketilgan.

Toshkentda tunda sodir bo’lgan ayanchli YTHda 20 yoshli haydovchi halok bo’ldi

Joriy yilning 26-iyul kuni soat 01:05 larda Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Nurafshon ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2005-yilda tug‘ilgan B.B. Spark rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotib, beton ustunga urilgan.

 

Ushbu YTH oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, avtomashina ichida bo‘lgan yo‘lovchi — 2004-yilda tug‘ilgan A.J. ham tan jarohati olib, unga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

 

Toshkent shahar IIBB barcha haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishni, belgilangan tezlikdan oshmaslikni va transport vositasini hushyor holatda boshqarishni so‘ramoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkentda tunda sodir bo’lgan ayanchli YTHda 20 yoshli haydovchi halok bo’ldi | Zamon.uz