Jahon

“Omadsiz” — Tramp Medvedovga “tashlandi”. Rossiya rasmiysi esa AQSH prezidentini qo‘rqitmoqda

Rossiya sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev va Donald Tramp bir-biriga nisbatan keskin chiqish qildi

“Omadsiz” — Tramp Medvedovga “tashlandi”. Rossiya rasmiysi esa AQSH prezidentini qo‘rqitmoqda

Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari, mamlakatning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev yaqinda Rossiyaga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar joriy qilinsa, Qo‘shma Shtatlarga qarshi urush ochish bilan tahdid qilgan edi.

 

"Menga Hindiston Rossiya bilan nima qilayotgani mutlaqo ahamiyatsiz. Ular o‘sha o‘lik iqtisodiyotlarini birga cho‘ktiraversinlar — menga baribir. Biz Hindiston bilan juda kam hamkorlik qilamiz. Xuddi shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan ham deyarli hech qanday hamkorlik qilmaydi. O‘zini hanuz Rossiya prezidenti deb hisoblaydigan omadsiz, sobiq prezident Medvedevga yetkazing, gaplarini o‘ylab gapirsin. U juda xavfli hududga kirib kelyapti," — deb yozdi AQSH prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

 

Shundan so‘ng, Medvedev Trampning ushub bayonotiga javob qaytarib, Oq uy rahbariga “O‘lik qo‘l” bilan tahdid qildi

 

Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari "Jahldor Trampning asabiy reaksiyasi Rossiya har tomonlama haq ekani va o‘z yo‘lida davom etishini anglatadi", — deb yozdi sahifasida.

 

Shuningdek, mojaroli postlari bilan tanilgan Medvedev AQSH prezidentiga “O‘lik qo‘l” qanchalik xavfli bo‘lishi mumkinligini" eslatib o‘tdi.

 

Maʼlumot uchun, “O‘lik qo‘l” deb Sovet Ittifoqida “Sovuq urush” davrida ishlab chiqilgan “Perimetr” nomli avtomatlashtirilgan yadroviy javob tizimi ataladi. Bu tizim mamlakat rahbariyati yo‘q qilingan va buyruq markazlari bilan aloqa uzilgan taqdirda, ommaviy yadro zarbasini avtomatik tarzda amalga oshirishi uchun yaratilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.