Jahon

Xitoyda qariyalar uyini suv bosdi: 31 kishi halok bo‘ldi

Rasmiylar xavfsizlikda xatolarga yo‘l qo‘yilganini tan oldi.

Xitoyda qariyalar uyini suv bosdi: 31 kishi halok bo‘ldi

Xitoy poytaxti Pekin yaqinidagi Miyun tumanida joylashgan qariyalar uyida kuchli yomg‘irlar va toshqinlar oqibatida 31 nafar fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqida mahalliy hukumat vakillari rasmiy bayonot berdi.

 

Fojia joriy hafta boshida yuz bergan bo‘lib, yomg‘ir natijasida toshgan daryo suvining pasttekislikda joylashgan qariyalar uyini suv bosishi oqibatida yuzaga kelgan. O‘sha vaqtda muassasada 77 nafar kishi – xodimlar va nogiron fuqarolar bo‘lgan. Qutqaruvchilar tomonidan 48 nafari evakuatsiya qilingan, biroq 31 kishi halok bo‘lgan.

 

Rasmiylarning bildirishicha, toshqinlar natijasida faqat Pekinning o‘zida 44 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Hududdagi ekstremal ob-havo sharoitlari qisqa fursatda butun yil davomida yog‘adigan miqdordagi yog‘ingarchilikka teng bo‘lgan. Fojia ortidan rasmiylar ommaviy tarzda uzr so‘radi va xavfsizlik rejalari yetarlicha to‘liq bo‘lmaganini tan oldi.

 

Qariyalar uyidagi hodisa ayniqsa jamoatchilik e’tiborini tortgan bo‘lib, suv sathi ayrim hududlarda ikki metrgacha ko‘tarilgani qayd etildi. Ko‘plab fuqarolar va ularning yaqinlari qutqaruvchilar yordamida tirik qolgan bo‘lsa-da, ko‘plar halok bo‘lganlar orasida qolmoqda.

G‘azoda Isroil hujumlari davom etmoqda: olti falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari davom etmoqda: olti falastinlik halok bo‘ldi

O‘tgan yili e’lon qilingan sulhdan buyon Isroil hujumlari oqibatida 1600 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.

Qalin tuman katta fojia keltirdi: 12 kishi halok bo‘ldi

Qalin tuman katta fojia keltirdi: 12 kishi halok bo‘ldi

Ko‘rish masofasi ayrim joylarda atigi 10 metrgacha qisqarishi oqibatida Bolgariyada yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Rossiya Ukrainadagi 10 ta viloyatga hujum qildi: energetika obyektlari shikastlandi

Rossiya Ukrainadagi 10 ta viloyatga hujum qildi: energetika obyektlari shikastlandi

Zarba oqibatida bir nechta viloyatda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi, Vinnitsa viloyatida esa ikki kishi halok bo‘ldi.

Netanyaxu har kuni Trampni Eronga hujum qilishga chaqirmoqda — FT

Netanyaxu har kuni Trampni Eronga hujum qilishga chaqirmoqda — FT

Arab va musulmon davlatlari yetakchilari bundan xavotirda.

Turkiyadagi po‘lat zavodida portlash: 16 kishi halok bo'ldi

Turkiyadagi po‘lat zavodida portlash: 16 kishi halok bo'ldi

Hodisa yuzasidan tergov boshlanib, 5 kishi hibsga olingan.

Pokistonda to‘g‘on to‘sig‘i quladi: qurilish maydonini suv bosdi

Pokistonda to‘g‘on to‘sig‘i quladi: qurilish maydonini suv bosdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan va halok bo‘lmagan.

Yevropada elektr energiyasi narxi keskin oshdi: bir megavatt-soat 600 yevrodan qimmatlashdi

Yevropada elektr energiyasi narxi keskin oshdi: bir megavatt-soat 600 yevrodan qimmatlashdi

Yevropada shamolsiz va bulutli ob-havo sabab qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish kamaydi.

G‘azoda qum uyumi chodirlar ustiga quladi: to‘rt kishi halok bo‘ldi

G‘azoda qum uyumi chodirlar ustiga quladi: to‘rt kishi halok bo‘ldi

Kuchli yomg‘ir oqibatida yuz bergan hodisa Dayr al-Balah shahri janubidagi ko‘chirilgan oilalar lagerida sodir bo‘lgan.