Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi
Xitoyda yuz bergan suv toshqinlarida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahri va Xebey muzofotida ro‘y bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani, jarohat olgani va katta talafotlar yetkazilgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi.
Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga taskin-tasalli so‘zlarini yo‘llab, jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishini tiladi.







