Jahon

Los-Anjelesda yana yirik o‘rmon yong‘inlari boshlandi

Bu Kaliforniyada issiq havo sabab yuz bergan to‘rtinchi yirik o‘rmon yong‘ini hisoblanadi.

Los-Anjelesda yana yirik o‘rmon yong‘inlari boshlandi

Kaliforniyaning Ventura okrugida 7-avgust kuni boshlangan o‘rmon yong‘ini tez sur’atlarda qo‘shni Los-Anjeles okrugiga tarqalib, mintaqada yuzlab oilalar xavfsiz joylarga ko‘chirilmoqda. Yong‘in hozirgi kunda kuchli issiqlik va shamol ta’siri ostida davom etmoqda, vaziyat murakkablashmoqda.

 

Favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish bo‘yicha xizmatlar tomonidan 250 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi, shuningdek 11 ta samolyot va 7 ta vertolyot yong‘inni bostirish ishlari uchun jalb etilgan.

 

7-avgust kuni tushdan keyin Ventura okrugidagi yong‘in maydoni taxminan 1 kvadrat kilometrni tashkil qilgan bo‘lsa, kechga borib u 20 kvadrat kilometrga yetdi va hozirgacha kengayishda davom etmoqda. Yong‘in Los-Anjeles okrugi hududlariga ham o‘tmoqda, natijada viloyatdagi ba’zi avtomobil yo‘llari vaqtinchalik yopildi.

 

8-avgust tongida mahalliy hokimiyat tomonidan 2,5 ming aholining evakuatsiyasi amalga oshirildi, qo‘shimcha 14 ming kishi esa evakuatsiyaga tayyor turish bo‘yicha ogohlantirildi. Yong‘in 700 dan ortiq turar-joy va boshqa inshootlarga xavf solmoqda. Evakuatsiya qilinganlar uchun ta’lim muassasalarining sport zallari vaqtincha boshpana sifatida tashkil etildi.

 

Rasmiy manbalarga ko‘ra, ushbu yong‘in Kaliforniyada so‘nggi kunlarda issiq havo sharoitida yuzaga kelgan to‘rtinchi yirik o‘rmon yong‘inidir. Maydon jihatidan u o‘tgan hafta Santa Barbara okrugi hududida yuz bergan yong‘indan kichikroq bo‘lsa-da, yil boshidan buyon eng katta yong‘in hisoblanadi va hozirga qadar taxminan 400 kvadrat kilometrni qamrab olgan.

Yevropa Tojikistondan norozi: Putin tashrifi ortidagi siyosiy mojaro

Yevropa Tojikistondan norozi: Putin tashrifi ortidagi siyosiy mojaro

Vladimir Putin Tojikistonga tashrif buyurdi. Xalqaro jinoiy sud tomonidan hibsga olish uchun order berilgan Rossiya prezidentini Dushanbe hibsga olmadi. Buning ortidan Tojikiston Rim statutidan chiqish haqida BMTga rasmiy bildirishnoma yubordi.

Eron muzokaralardan bosh tortdi: AQSh yetti shartga rozi bo‘lishi kerak

Eron muzokaralardan bosh tortdi: AQSh yetti shartga rozi bo‘lishi kerak

Tehron yangi tajovuzkor harakatlar sodir etilsa, harbiy operatsiyalar geografiyasini kengaytirishga tayyorligini ma’lum qildi.

Rossiyaliklarga Shengen vizasi olish qiyinlashishi mumkin: harbiy guvohnoma ham so‘raladi

Rossiyaliklarga Shengen vizasi olish qiyinlashishi mumkin: harbiy guvohnoma ham so‘raladi

Rossiya armiyasi yoki unga aloqador qurolli guruhlarda xizmat qilgan shaxslar uchun kirish taqiqlanishi mumkin.

Sportchilar va banklarga cheklov: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini taqdim etdi

Sportchilar va banklarga cheklov: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini taqdim etdi

Taklif etilayotgan cheklovlar moliyaviy xizmatlar, kriptovalyutalar va energetika sektorini ham qamrab oladi.

Hindistondan Nepalga 1,62 mlrd dollarlik yordam: mablag‘ suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltiriladi

Hindistondan Nepalga 1,62 mlrd dollarlik yordam: mablag‘ suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltiriladi

Tabiiy ofat oqibatida taxminan 1 500 kishi halok bo‘lgan, 5 200 kishi bedarak yo‘qolgan yoki halok bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Istanbulda noqulay ob-havo: 18 ta samolyot boshqa aeroportlarga qo‘ndi

Istanbulda noqulay ob-havo: 18 ta samolyot boshqa aeroportlarga qo‘ndi

Noqulay ob-havo sharoiti, xususan, kuchli rivojlangan kumulonimbus bulutlari samolyotlarning xavfsiz qo‘nishiga to‘sqinlik qilgan.

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotlari suv, tuproq va havoning keng ko‘lamda ifloslanishiga olib kelib, aholi salomatligi hamda oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirmoqda.

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Gumonlanuvchilar sud qarori bilan hibsga olinib, qamoqqa yuborilgan.