Surxondaryoda erkak ayolni behayo videolarini tarqatish bilan qo’rqitib, 1000 dollar talab qildi
U pulning bir qismini olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida ayolga uning shaxsiy videolarini tarqatish bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Tezkor tadbir davomida 1986-yilda Muzrabot tumanida tug‘ilgan erkak, Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lgan, 1985-yilda Dushanbeda tug‘ilgan ayolning intim videolarini qo‘lga kiritib, ularni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan tahdid qilgani aniqlandi.
U ayoldan 1 000 AQSh dollari talab qilgan va ushbu pullarning bir qismini — 900 dollar hamda 1 mln 250 ming so‘mni jabrlanuvchining dugonasidan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan Termiz shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Mazkur modda bo‘yicha uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.







