Jahon

Isroil g‘azoliklarni Janubiy Sudanga ko‘chirmoqchi

Isroil bosh vaziri G‘azo aholisining katta qismini ko‘chirish g‘oyasini “ixtiyoriy migratsiya” deb atamoqda.

Isroil g‘azoliklarni Janubiy Sudanga ko‘chirmoqchi

Isroil G‘azodagi falastinliklarni Janubiy Sudanga ko‘chirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. CNN xabariga ko‘ra, bu reja Isroilning HAMASga qarshi 22 oylik urushi oqibatida vayronaga aylangan hududdan ommaviy emigratsiyaga ko‘maklashish bo‘yicha keng ko‘lamli sa’y-harakatlarining bir qismi sifatida ko‘rilmoqda.

 

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSh prezidenti Donald Tramp ilgari surgan G‘azo aholisining katta qismini ko‘chirish g‘oyasini amalga oshirish istagini bildirdi va buni “ixtiyoriy migratsiya” deb atadi. Shuningdek, Isroil Afrikaning boshqa davlatlariga ham falastinliklarni ko‘chirish bo‘yicha o‘xshash takliflarni ilgari surgani ma’lum qilindi.

 

“Menimcha, to‘g‘ri qaror, hatto urush qonunlariga ko‘ra ham, men bilganimdek, aholining ketishiga ruxsat berish va keyin u yerda qolgan dushmanga bor kuch bilan hujum qilish imkonini beradi”, — dedi Netanyahu Isroilning i24 telekanaliga bergan intervyusida.

 

Biroq, falastinliklar, inson huquqlari tashkilotlari va xalqaro hamjamiyatning aksariyat qismi bu tashabbusni xalqaro huquqni buzgan holda majburiy ko‘chirish rejasi sifatida keskin rad etmoqda.

 

Janubiy Sudan Tashqi ishlar vazirligi o‘z bayonotida Isroil bilan falastinliklarni ko‘chirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqidagi xabarlarni asossiz deb atadi.

 

AQSh Davlat departamenti vakili esa shaxsiy diplomatik suhbatlarga izoh berishdan bosh tortdi.

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Vizasiz qatnov faqat havo yo‘llariga emas, quruqlikdagi xalqaro chegara o‘tish punktlariga ham tatbiq etiladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

Isroil g‘azoliklarni Janubiy Sudanga ko‘chirmoqchi | Zamon.uz