O'zbekiston

Buxoroda ko‘zi ojiz ayol qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirdi

Voqeadan oldin ular birga spirtli ichimlik iste’mol qilishgan.

Buxoroda ko‘zi ojiz ayol qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Buxoro viloyati Kogon shahrida yashovchi 68 yoshli ko‘zi ojiz ayol qo‘shnisi bilan kelib chiqqan janjal oqibatida uni pichoqlab o‘ldirganlikda aybdor deb topildi.

 

Sud materiallariga ko‘ra, marhuma ko‘p marotaba spirtli ichimlik iste’mol qilgan va ayblanuvchining uyiga yordam so‘rab murojaat qilib kelgan. Yuz bergan voqea chog‘ida ular birgalikda ichkilik iste’mol qilgan va o‘zaro kelishmovchilik natijasida mojaro kelib chiqqan. Ayblanuvchi jahl ustida qo‘shnisiga oshxona pichog‘i bilan tan jarohati yetkazgan, oqibatda jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.

 

Sud jarayonida ayblanuvchi qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini bildirgan. Jinoyat O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan kvalifikatsiya qilindi. Shu bilan birga, Jinoyat kodeksining 57-moddasi (jazoni yengillashtiruvchi holatlar) inobatga olinib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Buxoroda ko‘zi ojiz ayol qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirdi | Zamon.uz