Jahon

Qozog‘iston–O‘zbekiston chegarasida 375 metrli tunnel aniqlandi

Turkiston viloyatida besh kishi 420 tonna benzinni yashirin tubnel orqali O‘zbekistonga o‘tkazgan.

Qozog‘iston–O‘zbekiston chegarasida 375 metrli tunnel aniqlandi

Turkiston viloyati sudi tomonidan O‘zbekiston hududiga noqonuniy yoqilg‘i yetkazib berishda ayblangan besh nafar shaxsga nisbatan hukm o‘qildi, deya xabar berdi nur.kz nashri.

 

Sud materiallariga ko‘ra, ayblanuvchilar Sariog‘ash tumanida 375 metr uzunlikdagi maxfiy yer osti tunnelini yotqizib, u orqali 2024 yil avgust–dekabr oylarida jami 420 tonnadan ortiq AI-92 benzinni O‘zbekistonga noqonuniy tarzda o‘tkazgan. Ushbu faoliyat oqibatida davlatga 112 million tenge (qariyb 2 milliard so‘m) miqdorida zarar yetkazilgan.

 

Sud qaroriga muvofiq, jinoiy guruh tashkilotchisi 15 yil muddatga, qolgan ishtirokchilar esa 13 yildan ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, ayblanuvchilarning mulklari – 3 million tenge, 16 ming litr yoqilg‘i hamda bir nechta yuk avtomashinalari davlat foydasiga musodara qilindi.

 

Mazkur hukm hali qonuniy kuchga kirmagan.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"