Chirchiqda tergovdan yashirinib yurgan shaxs qo‘lga olindi
Huquqbuzar qo‘lga olish vaqtida qarshilik ko‘rsatib, xizmat mashinasiga zarar yetkazgan.

Chirchiq shahrida 22-avgustdan 23-avgustga o‘tar kechasi ichki ishlar xodimlari tomonidan tergovdan yashirinib yurgan fuqaro qo‘lga olindi. Huquqbuzar ushlash jarayonida faol qarshilik ko‘rsatib, xizmat mashinasiga zarar yetkazdi.
Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea oqibatida hech kim jarohat olmadi. Shaxs ichki ishlar bo‘limiga olib kelinib, unga nisbatan ilgari qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida hujjatlar rasmiylashtirildi va dastlabki tergov harakatlari boshlandi.
Huquq-tartibot organlari hodisaning reyd yoki maxsus tadbir bilan bog‘liq emasligini, u tungi navbatchilik vaqtida sodir bo‘lganini ta’kidladi.







