Jahon

Tojikistonda folbin va sehrgarlarga borganlar jarima to'laydi

Agar shaxs bir yil ichida folbinlik yoki sehrgarlik bilan qayta shug‘ullansa, bu jinoyat sifatida baholanadi.

Tojikistonda folbin va sehrgarlarga borganlar jarima to'laydi

Tojikistonda endi folbin va sehrgarlik xizmatlaridan foydalangan fuqarolar ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Dushanbe shahar Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qilishicha, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan yangi qo‘shimchalar bilan bunday amaliyotga jalb qilinganlarga jarima solish tartibi joriy etilgan.

 

Yangi qoidalarga ko‘ra, folbin yoki sehrgarga murojaat qilgan shaxslarga hisoblash ko‘rsatkichining 50 (3 750 somoni)dan 60 (4 500 somoni) barobarigacha jarima solinadi. Ichki ishlar organlari fuqarolardan qonunbuzarlikdan tiyilishni so‘rab, bu kabi holatlarning oldini olishda politsiya bilan hamkorlik qilishni tavsiya qilmoqda.

 

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, agar shaxs bir yil ichida folbinlik yoki sehrgarlik bilan qayta shug‘ullansa, bu jinoyat sifatida baholanadi. Shu bilan birga, tegishli modda bo‘yicha qanday jazo chorasi qo‘llanishi aniq belgilanmagan.

 

Tojikistonda folbin va sehrgarlarga qarshi muntazam reydlar o‘tkaziladi, bu esa jamiyatni noqonuniy amaliyotlardan himoya qilish va fuqarolarni ogohlantirishga qaratilgan chora sifatida ko‘rilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tojikistonda folbin va sehrgarlarga borganlar jarima to'laydi | Zamon.uz