O'zbekiston

Toshkentdagi klinikada 9 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida vafot etdi

Rinoplastika jarrohligi chog‘ida ro‘y bergan fojiadan so‘ng prokuratura tekshiruv boshlagan.

Toshkentdagi klinikada 9 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida vafot etdi

Toshkent shahridagi xususiy klinikalardan birida 9 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida hayotdan ko‘z yumdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bola bir hafta avval klinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va 25-avgust kuni burun sohasida rinoplastika amaliyoti qilingan. Afsuski, bola operatsiyadan so‘ng hushiga kelmay, vafot etgan. Bu haqda Zamon.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov ma'lum qildi.

 

Toshkent shahri prokuraturasi hodisa yuz berganini tasdiqladi va voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.

 

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 2016 yilda tug‘ilgan bemor bilan bog‘liq ushbu holat yuzasidan hozirda Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Prokuratura tekshiruv jarayoni har tomonlama, to‘liq va xolisona olib borilishini, yakunida qonuniy qaror qabul qilinishini ta’kidladi.

Toshkent havosi sifati: noyabrning so‘nggi kunlari qanday o‘tadi?

Toshkent havosi sifati: noyabrning so‘nggi kunlari qanday o‘tadi?

Poytaxtda 27–30-noyabr kunlari kuchli harorat inversiyasi kuzatilishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Tashrif dasturiga ko‘ra, Amman shahrida oliy darajadagi muzokaralar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Yangilangan o‘zbek alifbosi: pasport va ID-kartalar almashtiriladimi?

Yangilangan o‘zbek alifbosi: pasport va ID-kartalar almashtiriladimi?

“O‘zbek alifbosiga kiritilgan o‘zgartirishlarni jamiyat hayotining barcha sohalariga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

U Jinoyat kodeksining 167 va 228-moddalari bilan qidiruvga berilgan bo‘lib, O‘zbekistonga qaytarilgan.

Qarshidagi xonadonda gaz portladi: jarohatlanganlar bor

Qarshidagi xonadonda gaz portladi: jarohatlanganlar bor

Hozirda hodisaning kelib chiqish sabablari va holatlarini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

Sanoat, axborot va aloqa hamda qurilish yo‘nalishlari ham xorijiy korxonalar faoliyatida yetakchi sohalar qatorida.

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Yangi me’yordan foydalanish uchun fuqarolardan ariza yoki qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.

OTMlar milliy reytingi: davlat oliygohlarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi

OTMlar milliy reytingi: davlat oliygohlarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi

Reyting natijalari e’lon qilinganidan keyin 15 ish kuni ichida rag‘batlantirish mablag‘lari davlat oliy ta’lim tashkilotiga o‘tkaziladi.