AQSH G‘azodagi urushni yil oxirigacha tugatmoqchi
Tramp bu bo‘yicha bugun yig‘ilish o‘tkazishi mumkin.

AQSH 2025 yil oxirigacha G‘azodagi urushni tugatishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Prezident Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff maʼlum qildi.
Uning aytishicha, Vashington G‘azodagi urushni 2025 yilning oxiriga qadar yakunlashni maqsad qilgan. Bu haqda u AQSH hukumati yig‘ilishida so‘z yuritdi.
HAMAS muzokaralar orqali o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligi haqida signallar bermoqda, Isroil esa anklavga gumanitar yordam hajmini oshirmoqda.
Shuningdek, Uitkoff prezident Tramp 27 avgust kuni Oq uyda G‘azo sektorining urushdan keyingi boshqaruviga oid keng qamrovli rejani muhokama qilish uchun yig‘ilish o‘tkazishni rejalashtirayotganini taʼkidladi.







