Jahon

AQSH xorijiy jurnalistlar va talabalar uchun viza muddatlarini cheklashni taklif qildi

Taklifga ko‘ra, jurnalistlar 240 kungacha, Xitoy fuqarolari esa 90 kungacha AQSHda qolishi mumkin.

AQSH xorijiy jurnalistlar va talabalar uchun viza muddatlarini cheklashni taklif qildi

 

AQSH Ichki xavfsizlik departamenti (DHS) xorijiy jurnalistlar, talabalar hamda almashinuv dasturi ishtirokchilariga vizalarni berish qoidalarini o‘zgartirish va mamlakatda bo‘lish muddatini cheklashni taklif etmoqda.

 

Mazkur tashabbus DHS tomonidan Federal reyestrda eʼlon qilingan hujjatda bayon etilgan. Taklifga ko‘ra, xorijiy fuqarolarning Qo‘shma Shtatlardagi vaqtinchalik faoliyatini yana-da nazorat qilish, ularning rejalari va faoliyatiga oid aniq maʼlumotlarni o‘z vaqtida olish hamda mamlakat qonunlariga rioya etilishini samarali baholash maqsad qilingan.

 

Taklifga binoan, xorijiy jurnalistlar AQSHda 240 kungacha faoliyat yuritishi, zarurat tug‘ilganda muddat uzaytirilishi mumkin.

 

Xitoy fuqarolari uchun bu muddat 90 kunga cheklanishi belgilangan.

 

Xorijiy talabalar va almashinuv tashrif buyuruvchilar esa o‘qish yoki dastur davomida mamlakatda qolishi mumkin, biroq to‘rt yildan oshmasligi shart etib belgilangan.

 

DHS barcha manfaatdor tomonlarni 60 kun ichida ushbu taklif bo‘yicha o‘z mulohazalarini taqdim etishga chaqirgan.

 

Maʼlumot uchun, AQSH Prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati 2020 yilda ham shunga o‘xshash takliflarni ilgari surgan edi. O‘sha paytda talabalar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar bunga qarshi chiqqan va tartib amaliyotga kiritilmagan. Tramp shuningdek, noqonuniy muhojirlarga qarshi keng ko‘lamli deportatsiya choralarini qo‘llash niyatini bildirgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSH xorijiy jurnalistlar va talabalar uchun viza muddatlarini cheklashni taklif qildi | Zamon.uz