Jahon

Indoneziyada ommaviy tartibsizliklar: metro bekatlariga o‘t qo‘yildi, transport harakatlari falaj bo‘ldi

Ishchilar 28-avgustdan boshlab mehnat sharoitlarini yaxshilash va ish haqlarini oshirish talablari bilan namoyish qilmoqda.

Indoneziyada ommaviy tartibsizliklar: metro bekatlariga o‘t qo‘yildi, transport harakatlari falaj bo‘ldi

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida ishchilar tomonidan o‘tkazilgan ommaviy norozilik namoyishlari shahar infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazdi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 28-avgust kuni minglab ishchilar mehnat sharoitlarini yaxshilash, ish haqlarini oshirish va parlamentni tarqatib yuborish talablarini ilgari surib, ko‘chalarga chiqqan. Namoyishlar davomida tartibsizliklar yuzaga kelib, ayrim metro bekatlariga o‘t qo‘yildi, pullik yo‘l terminallari buzildi, hukumatga tegishli infratuzilmaning muhim qismi zarar ko‘rdi.

 

30-avgust kuni esa Jakarta shahrida jamoat transporti faoliyati qisman to‘xtatildi. Hozirda rasmiylar tiklash ishlarini boshlagan, tartibni ta’minlash maqsadida shahar ko‘chalarida harbiy texnika jalb qilingan. Politsiya namoyishlarni nazoratga olish jarayonida bir necha bor ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llashga majbur bo‘lgan.

 

Namoyishlarning kelib chiqishiga ishchilarning ijtimoiy-iqtisodiy talablarini qondirish masalasi sabab bo‘lgani ta’kidlanmoqda. Tergov organlari voqealarning kelgusida takrorlanmasligi uchun yuzaga kelgan tartibsizliklar bo‘yicha surishtiruv olib bormoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.