Jahon

Afg‘onistonda to‘y marosimlariga qat’iy cheklovlar joriy etildi

Tolibon rahbari Xaybatulloh Oxundzoda yangi qoidalarni tasdiqladi.

Afg‘onistonda to‘y marosimlariga qat’iy cheklovlar joriy etildi

Afg‘onistonda “Tolibon” muvaqqat hukumati rahbari Xaybatulloh Oxundzoda yangi farmon chiqardi. Unga ko‘ra, an’anaviy to‘y marosimlarining qator elementlari “islomiy me’yorlarga zid” va “moliyaviy jihatdan og‘ir yuk” sifatida baholanib, qat’iy cheklovlar belgilandi.

 

Yangi qoidalarga binoan, haddan tashqari ko'p qalin puli to‘lash, to‘y oldidan yoki keyin ziyofatlar uyushtirish, qimmatbaho sovg‘alar berish, shuningdek, bir yil davomida bir martadan ko‘proq sovg‘a ulashish taqiqlanadi. Davlatga tegishli transport vositalaridan to‘ylarda foydalanish ham butunlay man qilindi.

 

Farmonga ko‘ra, “bоdal” — qiz almashish orqali nizolarni hal qilish amaliyoti, shuningdek, to‘ylarda havoga o‘q uzish, xavfli avtomobil haydash va sovg‘a yutish tanlovlari ham bekor qilindi. Kelinning to‘yidan keyingi “ronamoy” sovg‘alari ham endi berilmaydi.

 

Tolibon ma’muriyati yangi qoidalar orqali to‘ylarni kamtarona, kuyovning imkoniyatlariga mos tarzda o‘tkazishni maqsad qilmoqda. Farmonda to‘y marosimlarini ortiqcha dabdabasiz, fotiha va nikohdan ko‘p o‘tmay o‘tkazish majburiyligi ham ta’kidlangan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Afg‘onistonda to‘y marosimlariga qat’iy cheklovlar joriy etildi | Zamon.uz