O'zbekiston

Toshkentda bo‘layotgan yotoqxona muammosi bo'yicha Oliy ta’lim vazirligi izoh berdi

12-sentabr holatiga ko‘ra, 63 mingdan ortiq arizadan 40 mingga yaqin talaba avtomatik tarzda yotoqxonaga joylashtirildi.

Toshkentda bo‘layotgan yotoqxona muammosi bo'yicha Oliy ta’lim vazirligi izoh berdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yotoqxona masalalari bo‘yicha rasmiy izoh berdi.

 

Qayd etilishicha, talabalarni turar joyga joylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglament asosida amalga oshirilmoqda.

 

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun yotoqxonaga joylashish jarayoni to‘liq onlayn shaklda joriy etilgan. Talabalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza topshirishi mumkin.

 

2025-yil 12-sentabr holatiga ko‘ra, jami 63 804 ta ariza kelib tushgan. Shundan 40 265 nafar talaba uchun yo‘llanmalar avtomatik shakllantirilgan, 21 767 nafar talaba esa navbatda turibdi.

 

Vazirlikka ko‘ra, arizalarning “jarayonda” turishi kechiktirish emas, balki reglamentga muvofiq navbat shakllantirilganini bildiradi. O‘rinlar bosqichma-bosqich taqsimlanadi va avvalo ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagi talabalar uchun ustuvorlik beriladi.

 

Arizalarni ko‘rib chiqish tartibi quyidagicha:

 

agar yotoqxonada bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lsa, yo‘llanma avtomatik shakllantiriladi;

 

agar bo‘sh o‘rin bo‘lmasa, talaba navbatga qo‘yiladi va bu haqda xabarnoma oladi;

 

o‘rin bo‘shagan taqdirda navbatdagi talaba joylashtiriladi.

 

Shuningdek, Hukumatning 2021-yil 24-sentabrdagi 605-son qaroriga muvofiq, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va ijara asosida yashovchi talabalar uchun ijara to‘lovining 50 foizi davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi belgilangan. Toshkent shahrida bu miqdor bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarini (hozirda 412 ming so‘m), boshqa hududlarda esa yarim baravarini (206 ming so‘m) tashkil etadi.

 

Shu bois talabalarni yotoqxonaga joylashtirish va ijara xarajatlarini qoplash jarayonlari qonunchilikda belgilangan tartibda va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

 

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Davlat rahbari sportchilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Avtobusning qo‘l tormozi faollashtirilmagani oqibatida transport vositasi harakatlana boshlagan va uni to‘xtatishga uringan haydovchi avtobus ostida qolib ketgan.

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Turkiyada tahsil olayotgan yoshlar o‘zbek kinosining bugungi holati, yangi filmlar va xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Tadbir davomida jami 138 031 flakon dori vositasi, 225 kilogramm dori vositalari xomashyosi, 39 053 dona qadoqlash idishlari hamda ishlab chiqarish jihozlari ham yo‘q qilindi.

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Sayyor sudda 30 nafar otaning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilgan.

Nukusda kredit qarzi sabab “HOWO” xatlandi

Nukusda kredit qarzi sabab “HOWO” xatlandi

Ijro hujjatiga ko‘ra, fuqaroning bankdan 2,2 mlrd so‘m qarzi bo‘lgan.

Andijonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino buzdirildi

Andijonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino buzdirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro tadbirkorga tegishli joyni noqonuniy ravishda egallab olgan.