O'zbekiston

Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 200 dan ortiq mutaxassis Toshkentga yig‘ildi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Buyuk o‘tmish merosi – maʼrifatli kelajak asosi” xalqaro forumi boshlandi.

Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 200 dan ortiq mutaxassis Toshkentga yig‘ildi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Buyuk o‘tmish merosi – maʼrifatli kelajak asosi” xalqaro forumi boshlandi.

26-27-sentyabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Buyuk o‘tmish merosi – maʼrifatli kelajak asosi” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda.


Mazkur nufuzli tadbirda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 200 dan ortiq mutaxassis – taniqli olimlar, muzey rahbarlari, kutubxonachilar hamda madaniy meros sohasidagi mutaxassislar ishtirok etmoqda. Ular orasida IRCICA, Butunjahon islom ligasi, ICESCO, TURKSOY, milliy kutubxonalar va arxivlar, Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lyozmalari instituti, Oksford universiteti, dunyoning nufuzli autsion uyi – Christie‘s va boshqa yetakchi tashkilotlar vakillari bor.

Xalqaro forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning islomning asl insonparvarlik mohiyatini   saqlash   va   madaniyatlararo   muloqotni rivojlantirish yo‘lidagi saʼy-harakatlarini qo‘llab- quvvatlashga qaratilgan.


Sakkiz yil avval davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar tashkiloti minbaridan turib, jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa sifatida eʼtirof etgan, “Islom dini insoniyatni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga daʼvat etishini” taʼkidlab o‘tdilar. Shu bilan birga O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk allomalarning islom dinining maʼrifiy ahamiyatini insoniyatga tushuntirish borasidagi beqiyos xizmatlarini ham taʼkidlagan edilar.


2017 yil 23 iyunda Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi    Vazirlar    Mahkamasi    huzurida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilinishi bu yo‘nalishdagi ulug‘ qadamlardan biri bo‘ldi.


Bugun ish boshlagan xalqaro forum O‘zbekistonda olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy siyosatning mantiqiy davomi va ilmiy hamkorlikning yangi bosqichidir.


Prezidentimiz yaqinda BMT Bosh Assambleyasining 80- sessiyasida so‘zlagan nutqida taʼkidlaganidek, “Jamiyatda bag‘rikenglik siyosatini izchil amalga oshirar ekanmiz, O‘zbekiston maʼrifatli islom g‘oyalarini chuqur o‘rganish va ularni dunyoga keng targ‘ib qilishni davom ettiradi. Yaqin oylar ichida Toshkentda mintaqada yagona bo‘lgan Islom sivilizatsiyasi markazi ochiladi. BMTda buyuk ajdodlarimiz – Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiylarning  boy  maʼnaviy  va  ilmiy  merosini taqdim etuvchi maxsus tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.”


Markazning ochilishi arafasida tashkil etilgan mazkur xalqaro forum Prezident Shavkat Mirziyoyevning islomning asl insonparvarlik mohiyatini saqlash va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish yo‘lidagi saʼy-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.


Forum qatnashchilari Markazning ochilishga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishmoqda hamda muzey ekspozitsiyasining yakuniy shakllanishi, ilmiy va taʼlimiy loyihalar, kolleksiyalarni raqamlashtirishning yangi yondashuvlari,    multimedia    texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari, jahon ahamiyatiga ega ilmiy- maʼrifiy va madaniy maydon sifatida shakllantirish masalalarini muhokama qilmoqdalar.


Shuningdek, tashrif buyurgan xalqaro olimlar Markaz ekspozitsiyalari doirasidagi 10 ta mavzuli shoʻba yig‘ilishlarida o‘z fikr va takliflari bilan ishtirok etishdi. Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini qamrab olgan shoʻba yig‘ilishlarida Muqaddas Qurʼon zali, islomdan oldingi sivilizatsiyalar, islom tarixi va uning yoyilishi, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlaridagi ilm- fan va maʼrifat, xonliklar davri, kutubxona, muzey, qo‘lyozmalar va artefaktlar to‘plami, shuningdek, xalqaro hamkorlikdagi ilmiy va madaniy loyihalar uchun platforma yaratish masalalari muhokama qilinmoqda.

 

Ahmad Abdul Bositman, Islom dunyosi taʼlim, fan va madaniyat tashkiloti — ISESCO vakili, qo‘lyozmalar bo‘yicha mutaxassis:

 

– Avvalo, bu O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurganimdan xursandman. Katta zavq oldim. Prezidentingizning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi nutqlarini tingladim. Bu juda qiziqarli, mazmunli nutq bo‘lib, Islom sivilizatsiyasini eng oliy darajada aks ettirdi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev islom bag‘rikenglik va tinchlik dini ekanini taʼkidladi. Bu esa inkor qilib bo‘lmaydigan haqiqatdir. Chunki Tinchlik — Allohning go‘zal ismlaridan biridir.

 

Xalqaro forum Dasturi doirasida hamkorlik bo‘yicha memorandumlar    imzolanishi,    Forum    yakuniy Deklaratsiyasining qabul qilinishi hamda Markazga artefaktlar topshirish marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Forum yakunida Markazni rivojlantirishga doir aniq tavsiyalar ishlab chiqilishi, xalqaro ko‘rgazmalar, tadqiqot va raqamli loyihalarning amalga oshirilishi belgilanadi.
 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 200 dan ortiq mutaxassis Toshkentga yig‘ildi | Zamon.uz