Jahon

Dunyo bo‘yicha jurnalistlar o‘ldirilishining 85 foizi ochilmay nomaʼlum qolmoqda

Jurnalistlar o‘ldirilishining eng ko‘p tasdiqlangan holatlari arab davlatlarida.

Dunyo bo‘yicha jurnalistlar o‘ldirilishining 85 foizi ochilmay nomaʼlum qolmoqda

Butun dunyoda jurnalistlar o‘ldirilishi holatlarining o‘ndan to‘qqiztasi ochilmay qolmoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish “Jurnalistlarga qarshi jinoyatlar uchun jazosizlikka barham berish xalqaro kuni” munosabati bilan yo‘llagan murojaatida maʼlum qildi.

 

“Men G‘azoda jurnalistlarning o‘ldirilishini qoralayman, ularning ko‘pligidan g‘azablanaman va mustaqil hamda xolis tergov o‘tkazishga chaqirman. Xalqaro jurnalistlarning G‘azoga kirishiga to‘sqinlik qiluvchi taqiq mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas”, — deydi Antoniu Guterrish.

 

Jurnalistlar o‘ldirilishining eng ko‘p tasdiqlangan holatlari arab davlatlarida (82), Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlarida (34), Afrikada (5), Osiyo-Tinch okeani mintaqasida (30) hamda Yevropa va Shimoliy Amerikada (12) qayd etilgan.

 

“Chegarasiz muxbirlar” tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yildan 2025-yilgacha kamida 1163 nafar jurnalist hibsga olingan, ulardan 568 nafari 48 mamlakatda hali ham hibsda qolmoqda.

 

BMT Bosh kotibining fikricha, davlatlar tezkor, puxta, xolis va mustaqil tergov yo‘li bilan jurnalistlarni o‘ldirganlik uchun jazosiz qolishga chek qo‘yishi kerak.

 

AQSh aeroportlarida ommaviy kechikishlar: minglab reyslar bekor qilindi

AQSh aeroportlarida ommaviy kechikishlar: minglab reyslar bekor qilindi

Samolyotlarning og‘irligi va muvozanatini hisoblovchi tizimdagi nosozlik 7,8 mingdan ortiq reysga ta’sir ko‘rsatdi.

Janubiy Koreyada imtihon mojarosi: ta’lim vaziri iste’foga chiqdi

Janubiy Koreyada imtihon mojarosi: ta’lim vaziri iste’foga chiqdi

Ta’lim vaziri vaziyatga oldindan tayyorgarlik ko‘rilmagani uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

AQSH dengiz portlari xakerlar nishonida: kiberhujumlar soni keskin oshdi

AQSH dengiz portlari xakerlar nishonida: kiberhujumlar soni keskin oshdi

Mutaxassislar bunday hujumlar yuk tashish va energiya resurslari eksportiga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilari hujumi: 12 ta avtomobil yoqib yuborildi

G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilari hujumi: 12 ta avtomobil yoqib yuborildi

Bosib olingan G‘arbiy Sohildagi bir nechta Falastin qishlog‘ida sodir bo‘lgan hujumlar Isroilda ham siyosiy bahslarga sabab bo‘ldi.

Meksikada narkokartel rahbarini qo‘lga olish operatsiyasi: 11 kishi halok bo‘ldi

Meksikada narkokartel rahbarini qo‘lga olish operatsiyasi: 11 kishi halok bo‘ldi

AQSH Mesa Floresni qo‘lga olishga yordam beradigan ma’lumot uchun 5 million dollar mukofot va’da qilgan edi.

G‘azoda oziq-ovqat tarqatayotgan avtomobilga Isroil droni zarba berdi: uch kishi halok bo‘ldi

G‘azoda oziq-ovqat tarqatayotgan avtomobilga Isroil droni zarba berdi: uch kishi halok bo‘ldi

Avtomobil bolalarga oziq-ovqat va ichimlik tarqatish uchun to‘xtashga tayyorlanayotgan paytda raketa bilan urilgani aytildi.

Hormuz bo‘g‘ozidagi hujumlar kuchaydi: Eron ikkita raketa uchiruvchi qurilmani namoyish etdi

Hormuz bo‘g‘ozidagi hujumlar kuchaydi: Eron ikkita raketa uchiruvchi qurilmani namoyish etdi

Raketa qurilmasi namoyishi AQShning Eron raketa dasturini yo‘q qilgani haqidagi bayonotlari fonida amalga oshirildi.

O‘yin sanoatida rekord: GTA VI ilk kunidayoq qariyb 4 milliard dollar daromad keltirdi

O‘yin sanoatida rekord: GTA VI ilk kunidayoq qariyb 4 milliard dollar daromad keltirdi

Bu ko‘rsatkich 2013-yilda chiqarilgan GTA V’ning dastlabki uch kunlik 1 milliard dollarlik natijasidan qariyb to‘rt baravar yuqori.