O'zbekiston

Surxondaryoda qo‘shxotinli bo‘lgan erkak 34 mln jarima to‘ladi

U shuningdek axloq tuzatish ishlariga mahkum etilgan.

Surxondaryoda qo‘shxotinli bo‘lgan erkak 34 mln jarima to‘ladi

Muzrabot tumanida yashovchi fuqaro M.B. qonunni yaxshi bilsa-da, oilali bo‘lishiga qaramasdan ikkinchi ayolni uyiga olib kelib, u bilan er-xotin sifatida yashay boshladi. Bu harakat, tabiiyki, uning asli turmush o‘rtog‘iga og‘ir zarba bo‘ldi.

 

Ayol qancha qarshilik qilmasin, fuqaro M.B. tomonidan doimiy bosim va zo‘ravonlikka duch keldi. Voqeadan xabardor bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishni sudga oshirdi.

 

Sud hukmiga ko‘ra, fuqaro M.B. axloq tuzatish ishlariga mahkum etilib, 37 million 500 ming so‘m miqdorida jarima to‘lashga majbur qilindi.

 

Ammo u jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lamadi. Shundan so‘ng, Majburiy ijro byurosi ishga kirishdi. fuqaro M.B.ning “Malibu” rusumli avtomashinasi xatlovga olindi va qarz so‘ndirilmasa, auksion orqali sotilishi haqida ogohlantirildi.

 

Mashinasidan ayrilish xavfini his etgan fuqaro M.B. “mol achchig‘i jon achchig‘i” degan gapning maʼnosini yaxshi tushundi — bir kunda barcha jarimani hamda ijro yig‘imini to‘lab berdi.

Samarqandda SHHT plyus ilk ekspertlar muloqoti: xavfsizlik masalalari muhokama qilinadi

Samarqandda SHHT plyus ilk ekspertlar muloqoti: xavfsizlik masalalari muhokama qilinadi

5–6-noyabr kunlari Samarqandda raqamli transformatsiya davrida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ekspertlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi O‘mon Sultonligiga amaliy tashrifini boshladi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi O‘mon Sultonligiga amaliy tashrifini boshladi

Amaliy tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy, madaniy va tarixiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi qaysi sahifalar taqiqlangan? Oliy sud yangilangan ro‘yxatni e’lon qildi

Ijtimoiy tarmoqlardagi qaysi sahifalar taqiqlangan? Oliy sud yangilangan ro‘yxatni e’lon qildi

O‘zbekistonda ekstremistik va terroristik g‘oyalar bilan bog‘liq deb topilgan 2 057 ta internet manbasidan foydalanish taqiqlangan.

Buxoroda 105 million dollarlik turizm markazi qurilmoqda: 2 mingta ish o‘rni yaratiladi

Buxoroda 105 million dollarlik turizm markazi qurilmoqda: 2 mingta ish o‘rni yaratiladi

Majmuada mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari, muzey, amfiteatr va hunarmandchilik markazlari tashkil etiladi.

O‘zgidrometdan ogohlantirish: to‘qqizta viloyatda sel xavfi e'lon qilindi

O‘zgidrometdan ogohlantirish: to‘qqizta viloyatda sel xavfi e'lon qilindi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Qozog‘istonlik futbolchilar zaharlanishi: holat yuzasidan jinoyat ishi qo'z'atildi

Qozog‘istonlik futbolchilar zaharlanishi: holat yuzasidan jinoyat ishi qo'z'atildi

Mehmonxonada nonushta qilgan 20 kishidan 13 nafarida zaharlanish alomatlari kuzatilgan.

Prezident Buxoroga keldi: tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasidan boshlandi

Prezident Buxoroga keldi: tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasidan boshlandi

Davlat rahbari Buxoroning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va undan yoshlar tarbiyasida foydalanish zarurligini ta’kidladi.

Ilovani o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Vazirlik holatni o‘rganmoqda

Ilovani o‘rnatmagan talabalar darsga kiritilmayaptimi? Vazirlik holatni o‘rganmoqda

Oliy ta’lim muassasalarida “Xavfsiz talaba” ilovasini o‘rnatmagan talabalar darslarga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.