Jahon

Avstraliya “Tolibon” rasmiylariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi

Mazkur choralar Afg‘oniston ayollari va qizlarining huquqlari keskin cheklangani sababli qo‘llanmoqda.

Avstraliya “Tolibon” rasmiylariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi

 

Avstraliya hukumati 6-dekabr kuni Afg‘onistondagi “Tolibon” harakati rahbariyatining to‘rt nafar a’zosiga nisbatan moliyaviy cheklovlar va vizaga taqiq qo‘lladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Mazkur choralar Afg‘oniston ayollari va qizlarining huquqlari keskin cheklangani sababli qo‘llanmoqda. Tashqi ishlar vaziri Penni Vong ta’kidlashicha, jazo ro‘yxatiga kiritilgan rasmiylar ayollarning ta’lim olishi, mehnat qilishi, erkin harakatlanishi va jamiyat hayotida ishtirok etish huquqlarini cheklashda bevosita mas’uldir.

 

Sanksiyalar uch nafar vazir va Tolibon bosh sudyasiga qaratilgan bo‘lib, ular xalqaro moliyaviy operatsiyalardan chetlashtiriladi va Avstraliyaga kira olmaydi.

 

Vazir Penni Vongning ta’kidlashicha, bu choralar Avstraliya hukumatining yangi sanksiya mexanizmi doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, Tolibon rejimiga bosimni kuchaytirish hamda Afg‘oniston xalqiga nisbatan zulmni nishonga olishga qaratilgan.

 

Avstraliya 2021-yil avgustida qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqqan. Shundan so‘ng, mamlakat xavfsizlik tahdidi ostida qolgan minglab afg‘on fuqarolarini, asosan ayollar va bolalarni evakuatsiya qilib qabul qilgan.

 

Bugungi kunda Afg‘onistonda millionlab odamlar gumanitar yordam evaziga yashamoqda. Xalqaro hamjamiyat esa ayollar huquqlarining keskin cheklanishi uchun Tolibonni tanqid qilishda davom etmoqda. Harakat rahbariyati esa o‘z siyosatini “islomiy qadriyatlar va mahalliy urf-odatlarga mos” deb ta’riflab keladi.

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Gana fuqarolari shaxsiy tashabbusi bilan ham urushga bora olmaydi.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.