Jahon

Eronda ayollar huquqlarini himoya qilgan Nobel tinchlik mukofoti sovrindori hibsga olindi

Nobel qo‘mitasi Eron rasmiylarini ayollar huquqlari faoli Narges Mohammadini zudlik bilan ozod etishga chaqirdi.

Eronda ayollar huquqlarini himoya qilgan Nobel tinchlik mukofoti sovrindori hibsga olindi

 

Inson huquqlari faoli, ayollar huquqlarini himoya qilgani uchun 2023-yilda Nobel tinchlik mukofotiga sazovor bo‘lgan Narges Mohammadiy Eron xavfsizlik kuchlari tomonidan Mashhad shahrida hibsga olindi deb xabar berdi kazinform.

 

53 yoshli ayol boshqa inson huquqlari himoyachilari bilan birga o‘tgan hafta vafot etgan advokat Xosrov Alikordi xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan marosim chog‘ida qo‘lga olingan. Guvohlarning ma’lumotlariga ko‘ra, tadbir davomida ishtirokchilar hukumatga qarshi shiorlar aytishgan.

 

Nobel qo‘mitasi yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan chuqur tashvish bildirdi hamda Eron rasmiylarini Narges Mohammadining qayerda ekanini zudlik bilan aniqlashga, uning xavfsizligini ta’minlashga va uni hech qanday shartsiz ozod qilishga chaqirdi.

 

Eron rasmiylari hozircha ushbu holat bo‘yicha rasmiy bayonot bermagan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Narges Mohammadi 2016-yilda o'lim jazosiga qarshi inson huquqlari harakatiga rahbarlik qilgani uchun 16 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. 2024-yil dekabr oyida u tibbiy sabablarga ko'ra vaqtincha ozod qilingan. Uning turmush o‘rtog‘i Tagi Rahmoni hibs jarayoni zo‘ravonlik bilan amalga oshirilganini bildirgan hamda xalqaro hamjamiyatni vaziyatga aralashishga chaqirgan.

 

Xalqaro Amnistiya tashkilotiga ko'ra, Muhammadiy hibsda qiynoqqa solingan va bir necha bor yurak xurujiga uchragan.

 

Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari mazkur hodisa yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazishga va Eronda inson huquqlari holati ustidan monitoringni kuchaytirishga chaqirmoqda.

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

Chodirlar o‘rniga yig‘ma uylar yetkazib berilishi kerak edi. Biroq Isroil ularni G‘azoga olib kirishga ruxsat bermagan.

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Politsiya hujumchi yolg‘iz harakat qilganini va jamoatchilik uchun boshqa xavf yo‘qligini bildirgan.

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Ukraina Havo kuchlari va Qurolli kuchlari ehtimoliy hujumdan himoyalanishga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirdi.

903 ta dron va 4 ta Neptun raketasi: Rossiya bir kunlik hisobotni e’lon qildi

903 ta dron va 4 ta Neptun raketasi: Rossiya bir kunlik hisobotni e’lon qildi

So‘nggi 24 soatda Ukraina dronlari, “Neptun” raketalari va boshqariladigan aviabombalari urib tushirilgan.

48 soatda 12 davlat bilan muloqot: Eron vaziri mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

48 soatda 12 davlat bilan muloqot: Eron vaziri mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

Aroqchi Ummon, Misr, Turkiya, Saudiya Arabistoni va boshqa 8 davlat tashqi ishlar vazirlari bilan maslahatlashuv o‘tkazdi.

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Uning avtomobilidan miltiq, ikkita to‘pponcha va o‘q-dorilar topilgan.

20 million dollargacha mukofot: AQSh Eron yadro dasturi haqida ma’lumot izlamoqda

20 million dollargacha mukofot: AQSh Eron yadro dasturi haqida ma’lumot izlamoqda

Mukofot Eronning yadroviy obyektlari, uskunalari, ularning joylashuvi va tegishli xodimlar haqidagi ma’lumotlar uchun beriladi.

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralar sanasini tasdiqladi: uch tomonlama uchrashuv BAAda o‘tadi

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralar sanasini tasdiqladi: uch tomonlama uchrashuv BAAda o‘tadi

Muzokaralarda hududiy masalalar, xavfsizlik kafolatlari va gumanitar operatsiyalar muhokama qilinishi kutilmoqda.