Jahon

Kamala Xarris yana AQSH prezidentligiga nomzod bo‘lishi mumkin

U 2028-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun siyosiy faolligini kuchaytirmoqda.

Kamala Xarris yana AQSH prezidentligiga nomzod bo‘lishi mumkin

 

Axios nashrining xabar berishicha, AQSHning sobiq vitse-prezidenti Kamala Xarris 2028 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda va ushbu yo‘nalishda dastlabki siyosiy faollikni boshlagan.

 

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Kamala Xarris o‘tgan hafta Los-Anjeles shahrida Demokratik Milliy Qo‘mita tadbirida nutq so‘zlagan. Unda u Demokratlar va Respublikachilar partiyalarini tanqid qilib, ularning aholining dolzarb ehtiyojlariga yetarli darajada javob bera olmayotganini taʼkidlagan. Demokratik partiya vakillari mazkur chiqishni Xarrisning ehtimoliy prezidentlik kampaniyasiga tayyorgarlik bosqichi sifatida baholamoqda.

 

Shuningdek, Xarris “107 kun” nomi ostidagi siyosiy safarlarini kengaytirib, Janubiy Karolina shtati hamda afro-amerikalik aholi ulushi yuqori bo‘lgan shaharlarda chiqishlar qilgan. U qora tanli saylovchilar orasida kuchli siyosiy qo‘llab-quvvatlovga ega ekani bilan tanilgan bo‘lib, bu omil Demokratik partiyaning dastlabki saylovlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Avvalroq, Kamala Xarris 2024 yilgi prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyatdan so‘ng ham siyosiy faoliyatini davom ettirish niyatida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Gana fuqarolari shaxsiy tashabbusi bilan ham urushga bora olmaydi.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.