Jahon

Zelenskiy Putinni nishonga oldimi?

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Putin qarorgohiga 91 ta dron orqali hujum qilgani haqidagi daʼvoni rad qildi.

Zelenskiy Putinni nishonga oldimi?

 

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov dushanba kuni hujum Rossiyaning shimoli-g‘arbida joylashgan Novgorod viloyatidagi Putinning qarorgohiga 91 ta uzoq masofali zarba beruvchi dron yordamida hujum amalga oshirilganini aytgan edi.

 

Lavrovning taʼkidlashicha, Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari dronlarni urib tushirgan va hech kim jabrlanmagan.

 

Kremlning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Yuriy Ushakov hujum yakshanba kuni, AQSH prezidenti Donald Tramp va Zelenskiy o‘rtasida Florida shtatida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tugatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilganidan deyarli bir necha soniya o‘tganidan keyin sodir bo‘lganini aytdi.

 

Zelenskiy Moskvaning bu daʼvosini zudlik bilan rad etdi va Rossiyani tinchlik muzokaralarini izdan chiqarishga urinishda aybladi.

 

Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiha ham Moskvaning bu ayblovini qoralab, u muzokaralarga putur yetkazish maqsadida ilgari surilganini aytdi.

 

Sibiha X ijtimoiy tarmog‘ida qilgan bayonotida bu daʼvo “Rossiyaning Ukrainaga qarshi keyingi hujumlari uchun bahona va soxta asos yaratish, shuningdek tinchlik jarayonini izdan chiqarish va to‘sqinlik qilishga qaratilgan” ekanini bildirdi.

 

Rossiya ushbu taxminiy hujumdan so‘ng o‘zining muzokaralardagi pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishini maʼlum qildi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova Moskvaning javobi “diplomatik bo‘lmasligini” ogohlantirdi.

 

Dushanba kuni keyinroq Donald Tramp Putin bilan bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti chog‘ida Rossiya prezidenti unga Ukraina Putinning qarorgohiga hujum qilishga uringani haqida aytganini maʼlum qildi.

 

Jurnalistlar bilan suhbatda Tramp bu ayblovni Putin aynan u bilan bo‘lgan telefon qo‘ng‘irog‘ida ko‘targanini aytdi.

 

“Bu menga yoqmadi. Bu yaxshi emas”, — dedi Tramp.

 

 Bu holat Ukrainadagi urushni yakunlash bo‘yicha saʼy-harakatlariga taʼsir qiladimi, degan savolga javoban.

“Men bu haqda bugun prezident Putindan bildim. Juda jahlim chiqdi”. Mazkur daʼvoni tasdiqlovchi dalillar bormi, degan savolga Tramp: “Buni aniqlaymiz”, — deya javob berdi.

 

Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligi esa Putinning qarorgohini nishonga olishga urinish sifatida taʼriflangan harakatni “keskin qoraladi”.

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd to‘qnashdi: 46 kishi halok bo‘ldi

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd to‘qnashdi: 46 kishi halok bo‘ldi

Halokat vaqtida ikkala poyezdda jami 500 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan.

O‘zbekiston bilan chegarada yangi talab: Qozog‘iston chegarasida navbat band qilish pulli bo‘ladi

O‘zbekiston bilan chegarada yangi talab: Qozog‘iston chegarasida navbat band qilish pulli bo‘ladi

Belgilangan vaqtda ketma-ket ikki marta kelmagan tashuvchilarning depoziti davlat budjetiga o‘tkaziladi.

“Dunyo ishonch inqirozi davriga kirdi” — Toqayev

“Dunyo ishonch inqirozi davriga kirdi” — Toqayev

Qozog‘iston prezidenti xalqaro huquqning ahamiyati pasayishi va BMT obro‘si bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratdi.

Eron bilan urush AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 47,1 mlrd dollarga yetdi

Eron bilan urush AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 47,1 mlrd dollarga yetdi

Pentagonning hisob-kitobiga ko‘ra, mablag‘ning 60 foizdan ortig‘i o‘q-dorilarga sarflangan.

Chet elda ishlash uchun kamida 18 yoshga to‘lish kerak: Tojikistonda yangi qonun kuchga kirdi

Chet elda ishlash uchun kamida 18 yoshga to‘lish kerak: Tojikistonda yangi qonun kuchga kirdi

Yangi talab mamlakat fuqarolari va Tojikistonga ishlash uchun keladigan xorijliklarga ham tegishli.

Tailandga 15 kun vizasiz kirish: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Tailandga 15 kun vizasiz kirish: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Mamlakat rasmiylari viza rasmiylashtirishdagi kechikishlarni bartaraf etish va sayyohlar oqimini oshirish uchun uchta davlat fuqarolariga vizasiz rejim taklif qilmoqda.

«Birovga choh qazisang, o‘zing tushasan» — Putin Yevropa Ittifoqining Rossiya gazidan voz kechish qarori haqida

«Birovga choh qazisang, o‘zing tushasan» — Putin Yevropa Ittifoqining Rossiya gazidan voz kechish qarori haqida

Rossiya prezidenti Yevropaning Rossiya energiya resurslaridan voz kechish siyosatini tanqid qildi.

Niderlandiyada yangi elektr samolyot loyihasi: bir quvvatlanish ming kilometrga yetadi

Niderlandiyada yangi elektr samolyot loyihasi: bir quvvatlanish ming kilometrga yetadi

Samolyotni 2034-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.