Jahon

“Dunyo ishonch inqirozi davriga kirdi” — Toqayev

Qozog‘iston prezidenti xalqaro huquqning ahamiyati pasayishi va BMT obro‘si bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratdi.

“Dunyo ishonch inqirozi davriga kirdi” — Toqayev

 

Qosim-Jomart Toqayev dunyoda global qarama-qarshiliklar kuchayib, yirik davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch inqirozi chuqurlashayotganini bildirdi. Bu haqda u mamlakat xalqiga yo‘llagan yillik murojaatida ma’lum qildi, deb xabar berdi Kazinform.

 

Davlat rahbarining aytishicha, bugungi kunda davlatlar o‘rtasida o‘zaro ayblovlar va yashirin qarama-qarshiliklar kuchaymoqda. Shu bilan birga, xalqaro huquqning ahamiyati pasayib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining obro‘si bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmoqda.

 

Toqayev nazoratsiz migratsiya oqimlari ham ortib borayotganini qayd etib, bu holat ayrim Yevropa mamlakatlari xavfsizligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi.

 

“Bugungi kunda davlatlar o‘rtasida asossiz o‘zaro ayblovlar va yashirin qarama-qarshiliklar kuchayib bormoqda, yirik va nufuzli kuchlar o‘rtasida chuqur o‘zaro ishonch inqirozi yuzaga keldi”, — dedi Qozog‘iston prezidenti.

 

Uning fikricha, zamonaviy dunyo noaniqlik va beqarorlik davriga kirgan. Toqayev hozirgi xalqaro vaziyatni murakkab va oldindan aytish qiyin bo‘lgan holat sifatida ta’riflab, hatto Sovuq urush davrida ham bunday vaziyat kuzatilmaganini aytgan.

 

Shuningdek, prezident Qozog‘iston mustaqilligi va suverenitetini himoya qilish bilan bog‘liq masalalar hali to‘liq hal etilmaganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat oldidagi muammolarni hal qilish, islohotlarni amalga oshirish va taraqqiyotga erishish uchun jamiyat birligi muhim ahamiyatga ega.

 

“Birlik va kelishuvsiz hech qanday islohotlar yoki taraqqiyot bo‘lmasligi mutlaqo aniq”, — dedi Toqayev.

Eron bilan urush AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 47,1 mlrd dollarga yetdi

Eron bilan urush AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 47,1 mlrd dollarga yetdi

Pentagonning hisob-kitobiga ko‘ra, mablag‘ning 60 foizdan ortig‘i o‘q-dorilarga sarflangan.

Chet elda ishlash uchun kamida 18 yoshga to‘lish kerak: Tojikistonda yangi qonun kuchga kirdi

Chet elda ishlash uchun kamida 18 yoshga to‘lish kerak: Tojikistonda yangi qonun kuchga kirdi

Yangi talab mamlakat fuqarolari va Tojikistonga ishlash uchun keladigan xorijliklarga ham tegishli.

Tailandga 15 kun vizasiz kirish: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Tailandga 15 kun vizasiz kirish: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Mamlakat rasmiylari viza rasmiylashtirishdagi kechikishlarni bartaraf etish va sayyohlar oqimini oshirish uchun uchta davlat fuqarolariga vizasiz rejim taklif qilmoqda.

«Birovga choh qazisang, o‘zing tushasan» — Putin Yevropa Ittifoqining Rossiya gazidan voz kechish qarori haqida

«Birovga choh qazisang, o‘zing tushasan» — Putin Yevropa Ittifoqining Rossiya gazidan voz kechish qarori haqida

Rossiya prezidenti Yevropaning Rossiya energiya resurslaridan voz kechish siyosatini tanqid qildi.

Niderlandiyada yangi elektr samolyot loyihasi: bir quvvatlanish ming kilometrga yetadi

Niderlandiyada yangi elektr samolyot loyihasi: bir quvvatlanish ming kilometrga yetadi

Samolyotni 2034-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 10 mingdan oshdi: 4887 kishi vafot etdi

Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 10 mingdan oshdi: 4887 kishi vafot etdi

Virus Uganda, Nigeriya va Keniya kabi boshqa Afrika davlatlarida ham qayd etilgan.

12 million kishi xavf ostida: Hindistonga kuchli siklon yaqinlashmoqda

12 million kishi xavf ostida: Hindistonga kuchli siklon yaqinlashmoqda

Hindistonning sharqiy sohillariga yaqinlashayotgan Arnab sikloni sababli minglab odamlar evakuatsiya qilinmoqda.

Qirg‘izistonda hududiy boshqaruv o‘zgaradi: viloyat va tumanlar tugatiladi

Qirg‘izistonda hududiy boshqaruv o‘zgaradi: viloyat va tumanlar tugatiladi

Hukumat takroriy boshqaruv organlarini qisqartirish va hududlarni birlashtirish orqali ma’muriy tizimni qayta tashkil etmoqchi.