Jahon

Tailandga 15 kun vizasiz kirish: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Mamlakat rasmiylari viza rasmiylashtirishdagi kechikishlarni bartaraf etish va sayyohlar oqimini oshirish uchun uchta davlat fuqarolariga vizasiz rejim taklif qilmoqda.

Tailandga 15 kun vizasiz kirish: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

 

Tailand rasmiylari O‘zbekiston, Kolumbiya va Meksika fuqarolari uchun 15 kunlik vizasiz rejim joriy etishni taklif qilmoqda. Tashabbus viza rasmiylashtirishdagi kechikishlarni bartaraf etish va uzoq masofadan keladigan sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan.

 

The Nation nashrining Tailand Turizm va sport vazirligiga tayanib xabar berishicha, tegishli taklif 9-noyabr kuni Viza siyosati qo‘mitasi yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

 

Tailand Turizm va sport vaziri Meksika va Lotin Amerikasining boshqa mamlakatlaridan keladigan sayyohlar viza rasmiylashtirishdagi kechikishlarga duch kelayotganini tasdiqlagan.

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Emirates aviakompaniyasi Meksikadan uchadigan ayrim reyslarda yo‘lovchilar Tailand vizalarini o‘z vaqtida ololmayotgani sababli muammolar yuzaga kelganini bildirgan. Har bir reysda 20–30 nafargacha yo‘lovchi viza bilan bog‘liq muammolar tufayli safarga chiqa olmagan.

 

O‘zbekistonlik sayyohlar uchun ham tartib soddalashishi mumkin

 

Tailand rasmiylari O‘zbekiston fuqarolari ham elektron viza olish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelganini qayd etgan. Xususan, viza rasmiylashtirish tartibi murakkabligi sababli ayrim mahalliy sayyohlik agentliklari Tailandga mo‘ljallangan sayohat paketlarini bekor qilib, Vetnam kabi boshqa yo‘nalishlarni taklif qilishga majbur bo‘lgan.

 

Tailand tomoni taklifni amalga oshirishdan oldin uning xavfsizlik va iqtisodiy oqibatlarini ham baholaydi.

Chet elda ishlash uchun kamida 18 yoshga to‘lish kerak: Tojikistonda yangi qonun kuchga kirdi

Chet elda ishlash uchun kamida 18 yoshga to‘lish kerak: Tojikistonda yangi qonun kuchga kirdi

Yangi talab mamlakat fuqarolari va Tojikistonga ishlash uchun keladigan xorijliklarga ham tegishli.

«Birovga choh qazisang, o‘zing tushasan» — Putin Yevropa Ittifoqining Rossiya gazidan voz kechish qarori haqida

«Birovga choh qazisang, o‘zing tushasan» — Putin Yevropa Ittifoqining Rossiya gazidan voz kechish qarori haqida

Rossiya prezidenti Yevropaning Rossiya energiya resurslaridan voz kechish siyosatini tanqid qildi.

Niderlandiyada yangi elektr samolyot loyihasi: bir quvvatlanish ming kilometrga yetadi

Niderlandiyada yangi elektr samolyot loyihasi: bir quvvatlanish ming kilometrga yetadi

Samolyotni 2034-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 10 mingdan oshdi: 4887 kishi vafot etdi

Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 10 mingdan oshdi: 4887 kishi vafot etdi

Virus Uganda, Nigeriya va Keniya kabi boshqa Afrika davlatlarida ham qayd etilgan.

12 million kishi xavf ostida: Hindistonga kuchli siklon yaqinlashmoqda

12 million kishi xavf ostida: Hindistonga kuchli siklon yaqinlashmoqda

Hindistonning sharqiy sohillariga yaqinlashayotgan Arnab sikloni sababli minglab odamlar evakuatsiya qilinmoqda.

Qirg‘izistonda hududiy boshqaruv o‘zgaradi: viloyat va tumanlar tugatiladi

Qirg‘izistonda hududiy boshqaruv o‘zgaradi: viloyat va tumanlar tugatiladi

Hukumat takroriy boshqaruv organlarini qisqartirish va hududlarni birlashtirish orqali ma’muriy tizimni qayta tashkil etmoqchi.

Yaponiya Afg'onistondagi bolalarni emlashga ko‘maklashmoqda — UNICEF

Yaponiya Afg'onistondagi bolalarni emlashga ko‘maklashmoqda — UNICEF

Afg‘onistonda 21 milliondan ortiq odam gumanitar yordamga muhtoj bo‘lishi kutilmoqda.

800 mingta korrupsiya ishi: Xitoyda 9 oyda 73 nafar amaldorga ish qo‘zg‘atildi

800 mingta korrupsiya ishi: Xitoyda 9 oyda 73 nafar amaldorga ish qo‘zg‘atildi

Shu davrda 680 ming kishi intizomiy jazoga tortilgan.