O'zbekiston

“Taftish.uz” xodimlari bilan bogʻliq jinoyat ishi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi

Ichki ishlar organlariga 27 nafar fuqaro murojaat qilgan bo'lib, holatlar bo‘yicha bir nechta og‘ir jinoyatlar aniqlangan.

“Taftish.uz” xodimlari bilan bogʻliq jinoyat ishi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi

 


Huquq-tartibot organlari “Taftish.uz” nomi ostida faoliyat yuritgan jinoiy guruh a’zolariga nisbatan jinoyat ishini tergov qilmoqda. Ma’lum qilinishicha, 27 nafar fuqaro 21 ta holat bo‘yicha ushbu media platforma xodimlarining noqonuniy harakatlaridan jabrlanganini bildirgan. Shundan so‘ng gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.


Tergov materiallariga ko‘ra, Elita-media MCHJga aloqador “Taftish.uz” vakillari ochiqlik va jamoatchilik nazorati shiori ostida faoliyat yuritib, aslida tovlamachilik va firibgarlikni daromad manbaiga aylantirgan. Jinoiy guruhga norasmiy rahbarlik qilgan G‘ayrat Aberayev hamda uning sheriklari fuqarolarni obro‘sizlantiruvchi videolar bilan tahdid qilib, ularni internetdan o‘chirish evaziga pul talab qilgan.


Xususan, Toshkent va Samarqand viloyatlarida tadbirkorlar bilan bog‘liq mojarolar ataylab bir tomonlama yoritilib, so‘ngra materiallarni olib tashlash uchun o‘nlab million so‘m mablag‘ talab qilingan. Ayrim holatlarda pullarni “shartnoma” bilan niqoblashga urinishlar ham aniqlangan. Tadbirkorlar bosim va tahdidlar sabab majburan pul o‘tkazgan.


Shuningdek, tergov davomida ayrim jabrlanuvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi yolg‘on videolar tarqatilgani, sud ishlariga aralashilgan holatlar ham fosh bo‘lgan. Hozirda gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining tuhmat, firibgarlik, tovlamachilik va yolg‘on axborot tarqatish bilan bog‘liq moddalari asosida ayblovlar qo‘yilgan. Ichki ishlar vazirligi boshqa jabrlangan fuqarolarni ham tergov organlariga murojaat qilishga chaqirdi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"