O'zbekiston

O‘zbekistonda oltin quymalari narxi keskin pasaydi

5 grammli quyma 9 867 000 so‘mga tushdi, 1 gramm oltin esa 1,97 mln so‘mni tashkil etadi.

O‘zbekistonda oltin quymalari narxi keskin pasaydi

 

O‘zbekistonda oltin quymalari narxi keskin pasaydi. 2-fevral holatiga ko‘ra, 5 grammli oltin quyma narxi 9 867 000 so‘mni tashkil etdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bir gramm oltin narxi 1 973 400 so‘mga baholangan.

 

Oltin quymalarining narxi quyidagicha shakllangan:

  • 5 gramm — 9 867 000 so‘m
  • 10 gramm — 19 735 000 so‘m
  • 20 gramm — 39 469 000 so‘m
  • 50 gramm — 98 674 000 so‘m
  • 100 gramm — 197 347 000 so‘m

 

So‘nggi pasayish dam olish kunlarida yuz bergan va 5 grammli quymaning narxi 900 ming so‘mdan ortiq arzonlashdi. Hozirda 1 gramm oltin 1,97 mln so‘mga baholanmoqda, bu esa o‘tgan jumaga nisbatan 8,5 foiz pasayishni anglatadi.

 

Global bozordagi omillar ham pasayishga ta’sir qilgan. Jahon bozorida oltin narxi 15 foizdan ortiq qadrsizlandi. Buning sababi Donald Trampning AQSH Federal zaxira tizimi rahbari Jerom Pauell o‘rniga inflyatsiyaga qarshi keskin choralari bilan tanilgan Kevin Uorshni tayinlash rejasi bo‘lib, bu global moliya bozorlarida dollar qiymatining oshishi sifatida qabul qilinmoqda.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"