Jahon

AQSh Eron bilan muzokaralarni Turkiyadan Ummonga ko‘chirishga rozi bo‘ldi

Muzokaralarda Qatar, Misr, Saudiya Arabistoni, Ummon va Turkiya davlatlari ham ishtirok etishi mumkin.

AQSh Eron bilan muzokaralarni Turkiyadan Ummonga ko‘chirishga rozi bo‘ldi

 

AQSh va Eron o‘rtasidagi yadroviy muzokaralar juma kuni Ummon shahrida bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi Axios muxbiri Barak Ravid arab manbasiga tayanib.

 

Ravidning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Eron tomonidan muzokaralarni Turkiyadan Ummonga ko‘chirish so‘roviga rozi bo‘lgan. Shu bilan birga, mintaqadagi arab va musulmon davlatlari muzokaralarga qo‘shilish masalasida hali ham muhokamalar davom etmoqda.

 

Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘ayi muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rilyapti va tez orada uchrashuv joyi rasman e’lon qilinishi kutilayotganini ma’lum qildi. Avvalroq, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Istanbulda AQSh prezidentining elchisi Stiv Uitkoff va prezident maslahatchisi Jared Kushner bilan uchrashadi.

 

Manbalarga ko‘ra, muzokaralarda Qatar, Misr, Saudiya Arabistoni, Ummon va Turkiya tashqi ishlar vazirlari ham ishtirok etishi mumkin. Eron tomoni esa bir qator musulmon davlatlari ishtirokisiz ikki tomonlama muzokaralarni afzal ko‘rmoqda.

 

Bu muzokaralar Eronga nisbatan o‘tgan beshta bosqichdan keyin oltinchi bosqich bo‘lib, u o‘tkazilish muddati avvalgi voqealarga, xususan 2025-yil iyun oyidagi Eronga qarshi harbiy hujumlarga bog‘liq bo‘lgan.

Janubiy Koreyada imtihon mojarosi: ta’lim vaziri iste’foga chiqdi

Janubiy Koreyada imtihon mojarosi: ta’lim vaziri iste’foga chiqdi

Ta’lim vaziri vaziyatga oldindan tayyorgarlik ko‘rilmagani uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

AQSH dengiz portlari xakerlar nishonida: kiberhujumlar soni keskin oshdi

AQSH dengiz portlari xakerlar nishonida: kiberhujumlar soni keskin oshdi

Mutaxassislar bunday hujumlar yuk tashish va energiya resurslari eksportiga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilari hujumi: 12 ta avtomobil yoqib yuborildi

G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilari hujumi: 12 ta avtomobil yoqib yuborildi

Bosib olingan G‘arbiy Sohildagi bir nechta Falastin qishlog‘ida sodir bo‘lgan hujumlar Isroilda ham siyosiy bahslarga sabab bo‘ldi.

Meksikada narkokartel rahbarini qo‘lga olish operatsiyasi: 11 kishi halok bo‘ldi

Meksikada narkokartel rahbarini qo‘lga olish operatsiyasi: 11 kishi halok bo‘ldi

AQSH Mesa Floresni qo‘lga olishga yordam beradigan ma’lumot uchun 5 million dollar mukofot va’da qilgan edi.

G‘azoda oziq-ovqat tarqatayotgan avtomobilga Isroil droni zarba berdi: uch kishi halok bo‘ldi

G‘azoda oziq-ovqat tarqatayotgan avtomobilga Isroil droni zarba berdi: uch kishi halok bo‘ldi

Avtomobil bolalarga oziq-ovqat va ichimlik tarqatish uchun to‘xtashga tayyorlanayotgan paytda raketa bilan urilgani aytildi.

Hormuz bo‘g‘ozidagi hujumlar kuchaydi: Eron ikkita raketa uchiruvchi qurilmani namoyish etdi

Hormuz bo‘g‘ozidagi hujumlar kuchaydi: Eron ikkita raketa uchiruvchi qurilmani namoyish etdi

Raketa qurilmasi namoyishi AQShning Eron raketa dasturini yo‘q qilgani haqidagi bayonotlari fonida amalga oshirildi.

O‘yin sanoatida rekord: GTA VI ilk kunidayoq qariyb 4 milliard dollar daromad keltirdi

O‘yin sanoatida rekord: GTA VI ilk kunidayoq qariyb 4 milliard dollar daromad keltirdi

Bu ko‘rsatkich 2013-yilda chiqarilgan GTA V’ning dastlabki uch kunlik 1 milliard dollarlik natijasidan qariyb to‘rt baravar yuqori.

Yevropada antibiotiklarga chidamli bakteriya tarqalishi xavfi oshmoqda: JSST ogohlantirdi

Yevropada antibiotiklarga chidamli bakteriya tarqalishi xavfi oshmoqda: JSST ogohlantirdi

Klebsiella pneumoniae sababli yuzaga kelgan qon infeksiyalari 2019–2025-yillarda 72 foizga oshdi.