O'zbekiston

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi dunyoning TOP-10 kutilayotgan muzeylari qatoriga kiritildi

Smithsonian jurnalida Islom sivilizatsiyasi markazi xalqaro darajada e’tirof etilib, global muzey loyihalari qatoridan joy oldi.

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi dunyoning TOP-10 kutilayotgan muzeylari qatoriga kiritildi

 

AQShning nufuzli ilmiy-ommabop nashrlaridan biri — Smithsonian Magazine talqiniga ko‘ra, Toshkent shahrida bunyod etilayotgan O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi 2026-yilda dunyoda eng katta qiziqish bilan kutilgan 10 ta muzeydan biri sifatida e’tirof etildi. 1970-yilda tashkil etilgan ushbu jurnal fan, tarix, madaniyat va muzeyshunoslik sohalarida xalqaro miqyosda nufuzli ilmiy-ommabop nashr hisoblanadi. Uning reytinglariga kiritilish loyihalar uchun jahon darajasidagi yuksak ekspert bahosining belgisi sifatida qaraladi.

 

Nufuzli reytingga, shuningdek, Lucas Museum of Narrative Art (Los-Anjeles), National Geographic Museum of Exploration (Vashington, D.C.), London Museum (London), MoN Takanawa: The Museum of Narratives (Tokio), The Hip Hop Museum (Nyu-York) va Kanal–Centre Pompidou (Bryussel) kabi mashhur muzey loyihalari ham kiritilgan. Bu esa Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini jahon miqyosidagi eng yirik muzey tashabbuslari bilan bir qatorga qoʻyadi.

 

Nashr maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishi 2026 yil mart oyiga rejalashtirilgan. Smithsonian Magazine taʼkidlashicha, uch qavatli muzey majmuasi keng koʻlamli koʻrgazma maydonlari, Renessans davri zallari, shuningdek, turli tarixiy davrlarda yaratilgan Qurʼoni Karimning 114 ta qoʻlyozma nusxasidan iborat noyob toʻplamni oʻz ichiga oladi. Ular orasida VII asrga mansub Usmon Qurʼoni — dunyoda saqlanib qolgan eng qadimiy muqaddas kitob nusxalaridan biri ham mavjud.

 

Jurnal markazda zamonaviy raqamli texnologiyalar keng qoʻllanilishini alohida qayd etadi. Xususan, sunʼiy intellekt asosida yaratilgan “jonli portretlar” orqali tashrif buyuruvchilar buyuk islom olimu mutafakkirlari bilan virtual muloqot qilish imkoniyatiga ega boʻladilar.

 

Islom sivilizatsiyasi markazi tarkibida, shuningdek, islomiy merosni oʻrganishga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot instituti, qadimiy qoʻlyozmalarni restavratsiya qilish laboratoriyalari hamda 460 oʻrinli xalqaro konferensiya zali faoliyat yuritadi. Bu esa markazning jahon darajasidagi koʻp funksiyali ilmiy-maʼrifiy va madaniy makon sifatidagi maqomini belgilaydi.

 

Smithsonian Magazine majmua arxitekturasiga ham alohida eʼtibor qaratadi. Unda Temuriylar davriga xos anʼanaviy Markaziy Osiyo uslubi va zamonaviy arxitektura yechimlari uygʻunlashgan. Balandligi 65 metrga teng boʻlgan koʻk gumbaz islom sivilizatsiyasining ilmiy-maʼnaviy merosi ulugʻvorligi va chuqur ramziy maʼnosini ifoda etadi.

 

Smithsonian Magazine tomonidan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining dunyoda eng kutilgan muzeylar roʻyxatiga kiritilishi mamlakatning jahon merosiga qoʻshgan ilmiy, maʼnaviy va madaniy hissasining muhim xalqaro eʼtirofi, shuningdek, Oʻzbekistonning global madaniy makondagi nufuzi tobora oshib borayotganining tasdigʻi sifatida baholanmoqda.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.