O'zbekiston

Otabek Umarov nomidan feyk xabarlar tarqatilmoqda — Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Ijtimoiy tarmoqlarda Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari nomidan soxta akkauntlar ochilib, firibgarlik mazmunidagi xabarlar tarqatilayotgani aniqlandi.

Otabek Umarov nomidan feyk xabarlar tarqatilmoqda — Milliy Olimpiya qo‘mitasi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov nomidan soxta akkauntlar ochilib, turli xabarlar tarqatilayotgani aniqlandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, soxta akkauntlar orqali taniqli sportchilar hamda sport sohasiga aloqador shaxslarga xabarlar yuborilib, turli ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga urinish holatlari kuzatilgan. Ayrim vaziyatlarda shaxsiy yozishmalar orqali ishonch qozonish va firibgarlik harakatlarini amalga oshirishga urinish qayd etilgan.

 

Ta’kidlanishicha, o‘zbek sportiga oid barcha rasmiy axborot va bayonotlar faqat Milliy Olimpiya qo‘mitasining rasmiy axborot resurslari, shuningdek, tegishli federatsiya va assotsiatsiyalarning tasdiqlangan sahifalari orqali e’lon qilinadi. Rasmiy manbalardan tashqari tarqatilayotgan ma’lumotlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

 

Shu munosabat bilan fuqarolardan shubhali akkauntlardan kelayotgan xabarlarga ishonmaslik, ularga javob bermaslik hamda shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etmaslik so‘ralmoqda. Shuningdek, bunday akkauntlarni bloklash va ijtimoiy tarmoq ma’muriyatiga shikoyat yuborish tavsiya etildi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"